Material qaytimi = Mahsulot hajmi / material xarajatlar Material sig‘imi = Material xarajatlar / mahsulot hajmi Moddiy resurslar aylanishiga baho berish ham tahlilda asosiy mezon
sifatida olinadi. Y a’ni moddiy ishlab chiqarish resurslarining pulga ayla-
nish davri va vaqtini o‘rganish asosida korxona aylanma aktivlarining
likvidlilik darajasiga baho beriladi.
Tahlil etishda moddiy resurslar sig‘irru va qaytimming o ‘zgarishiga
shuningdek, ulaming aylanuvchanlik darajalariga ta’sir etuvchi omil-
larga va ulaming mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga ta siri-
ga ham alohida ahamiyat qaratiladi.
Moddiy resurslar sig‘imi va qaytimiga ta’sir etuvchi omil sifatida
mahsulot hajmmi tavsiflovchi ko‘rsatkichlar qiymatining o‘zgarishi va
moddiy resurs va sarflar qiymati o‘zgarishini kiritish mumkin. Ularning
ta ’sir darajalari bevosita tahlilning oddiy va matematik formulalari
asosida aniqlanadi.
Moddiy resurslar va ularning samaradorlik ko'Ysatkichlarining mah
sulot hajmi o‘zgarishiga ta ’sirini ham bevosita moddiy resurslar va xa-
rajatlar qiymati hamda ularning samarasidan kelib chiqqan holda
aniqlash mumkin.
7.8-jadval Moddiy resurslar samaradorligi tahlili K o ‘rsatkichlar
O tg a n yili
Hisobot yili
Farqi (-г; - )
0 ‘sish darajasi
M ahsulot hajmi korxona ulgurji
bahosida, ming so‘m
125463
215364
+89901
171.6
M oddiy zaxira sarflari. ming so‘m
79520
154862
+75342
194,7
M oddiy sarflar qaytimi (1/2)
1,577
1,390
-0,187
88,1
M oddiy sarflar sig'im i (2/1)
0,634
0.719
+0.085
113,4
7.8-jadval ma'lumotlaridan m a’lum bo‘lmoqdaki korxonada moddiy
sarflaming samaradorlik darajasi o‘tgan yilga nisbatan bir qadar yomon-
lashgan. Moddiy zaxira sarflari qaytimi o‘tgan yilga nisbatan 0,187
so‘mga kamaygan. Sig‘im ko‘rsatkichi esa 0,085 so‘mga oshgan. De-
mak, korxona mutaxassislari bu boradagi holatni yaxshilashga jiddiy
e ’tibor qaratishlari zarur.
Moddiy resurslar tahlilida ularning aylanuvchanlik darajasiga kor
xona moliyaviy holatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichi sifatida
qaraladi. Moddiy sarflaming aylanuvchanlik darajasi koeffitsiyentlarda
va kunlarda aniqlanadi.
Sotilgan mahsulot hajmmi (yoki sotilgan mahsulotning ishlab
chiqarish tannarxini) tovar-moddiy zaxiralarning o‘rtacha qoldig‘iga
bo‘lish bilan aylanuvchanlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Koeffitsiyent
miqdorining oshib borishi ijobiy holat sanaladi. Chunki u aylanishlar
miqdorini ko'rsatib beradi.
Tovar-moddiy zaxiralarning o ‘rtacha qoldigim hisobot davri kun-
lari soniga ko‘paytirib, natijani sotilgan mahsulot hajmiga (y oki sotilgan
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga) bo‘lish bilan moddiy zaxi-
ralaming aylanish kunlari topiladi. Kunlar sonining kamayishi ijobiy ho
lat deb qaraladi. Chunki, aylanishning tezlanishi kunlar sonini qisqarti-
radi. Demak, mablag‘ tez bo‘shaydi.
Moddiy zaxiralar tahlili natijalari ulardan samarli foydlanish yo‘l-
lam i topishda muhim aliamiyatga ega.