2.2. Iqtisodiy tahlilning mazmuni Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda boshqaruv sub-
yektlariga faqat axborotga ega boiishning o‘zi yetarli emas. Chunki
xo‘jalik subyektlarida rahbar hamda mutaxassislar mavjud axborotlar
bilan ishlashi, ular asosida to‘g ‘ri xulosalar chiqarishi va natijalardan
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishi zarur.
Boshqarishda eng muhim maslalardan biri axborotlarni egallash va
undan foydalana bilishdir. Demak, iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning
eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilish ekan.
Tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tahlilning ikki xil
y o ‘nalishi mavjud:
1. Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish. Mazkur y o ‘nalishda
korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlil qilinadi. Shuning uchun u iqtisodiy
fanlar qatoridan o'ziga xos mustaqil o ‘rin olgan.
2. Iqtisodiyotda tarmoqlar, sohalami tahlil qilish. Ushbu y o ‘nalishda
iqtisodiyotda alohida olingan tarmoqlar, sohalar. iqtisodiy rayonlar,
hududlar va milliy iqtisodiyotning o ‘zini talilil qilish tushuniladi. Shu
o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyotda tarmoqlami, sohalami, hududlami
tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u
makroiqtisodiyot, statistika, iqtisodiy nazariya va tarmoqlar iqtisodiyoti
kurslarida o'rganiladi.
Korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish alohida olingan fan
bo‘lib quyidagi maxsus bilimlar tizimini o ‘rgatadi:
• Obyektiv iqtisodiy qonunlar va subyektiv tartibdagi omillar
ta’sirida yuzaga kelgan iqtisodiy jarayonlar ham da ulaming o ‘zaro
bogiiqligini tadqiq qilish.
• Biznes-rejalami ilmiy asoslash hamda uning bajarilishiga obyektiv
baho berish.
• Ijobiy va salbiy omillami aniqlash va ulaming ta’sirlarini miqdor
jihatdan oichash.
• Korxona rivojlanishidagi yo ‘nalish va mutanosibliklami ochib,
ulardagi foydalamlmagan tashqi va ichki imkoniyatlami aniqlab berish.
• Tajribalami umumlashtirish asosida maqbul boshqaruv qarorlarini
qabul qilish.
T a’kidlab o‘tilgan elemetlar iqtisodiy tahlil fanining mazmunini
tashkil etadi.