‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Iqtisodiy tahlil

2.3. Iqtisodiy tahlilning predmeti
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti - iqtisodiy axborotlar tizimi bo‘lib 
aks etgan obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan va kela­
digan korxonalar faoliyatidagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa turli fao- 
liyatlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi hamda yakuniy mo­
liyaviy natijalar hisoblanadi.
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko‘rinadiki, iqtisodiy tahlil 
korxonalaming asosiy x o ‘jalik jarayonlari va boshqa turli faoliyatlari 
hamda ularning yakuniy moliyaviy natijalarini o‘rganadi. Korxonalar- 
dagi x o ‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda 
yuritish bilan b o g iiq b o ig a n barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami 
qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlanni xo‘jalik jarayonlari 
bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamda investitsiya 
faoliyati, soliq toiovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy 
tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda 
ham o ‘rganiladi.
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta ’sirida yuzaga 
kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi.
Obyektiv omillar mavjud b o ig a n iqtisodiy qonunlar b o iib ular 
asosida x o ‘jalik jarayonlari yuzaga keltiriladi va boshqariladi. Misol 
uchun, talab va taklif qonuni. Bozorda talab oshsa mahsulotga boigan 
narx ham oshadi. Bu bilan korxona ishlab chiqaradigan mahsulotlari 
hamda sotib oladigan xomashyolar bahosini belgilab olib shu asosda 
faoliyatini rejalashtiradi. Shuningdek, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi 
tashqi ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar ham obyektiv omillar b o iib hisob­
lanadi. Misol uchun, davlatning soliqlar bo‘yicha siyosati va undagi 
zaruriy o ‘zgarishlar yoki hamkorlikdagi korxonalarda kutilmagan o‘zga- 
rishlaming sodir b o iish i va shu kabilar.
Subyektiv omillar shaxslar faoliyati (korxona xodimlari) bilan 
bog ian gan b o iib , ularning voqelikka ta’siri natijasida sodir boiadi. 
Misol uchun, garchand xo‘jalik amaliyoti obyektiv shartlar, omillar 
asosida bashoratlanib rejalashtirilsada, ulammg iqtisodiy munosabatlar 
tarzida yuzaga chiqarilishi, amalga oshinlishi subyektiv tarzda sodir 
b o iad i. Y a’ni xo‘jalik faoliyatining asosi obyektiv omillardan tashkil


topsada, ulardan ilmiy asosda foydalanish bu shaxslaming bilimi
malakasi, tadbirkorligiga bog‘liq.
Yakuniy moliyaviy natijalar korxona faoliyatining hisobot davri 
davomida erishgan foyda yoki zararini lfodalab beradi. Mazkur ko‘r- 
satkichlar iqtisodiy tahlilda turli tomondan tizimli va kompleks o ‘rga- 
niladi. Bundan tashqari moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar 
asosida korxona moliyaviy holati keng ko‘lamda tahlil qilinadi.
Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlaming 
natijalari rejalashtirishdan oldin hamda rejaning bajarilishi bo‘yicha ham 
samaradorligini o‘rganish tahlilda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. 
B u bilan har bir faoliyat va ularga ta’sir etgan omillar bo‘yicha muhim 
xulosalar olinadi. Samaradorlik ko‘rsatkichlarini o ‘rganish korxona fao- 
livatlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o ‘ta muhim aha­
m iyatga ega.
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti ta’rifida iqtisodiy axborotlar tizimi 
bo‘ lib aks etgan, obvektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan 
xo'jalik subvektlaridagi xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlar, 
ulardagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik hamda yakuniy moliyaviy 
natijalar hisoblanadi, deb ta’kidlab o‘tildi. Darhaqiqat, korxonalardagi 
barcha xo‘jalik munosabatlari iqtisodiy axborotlar ko‘rinishida aks etadi 
va ular yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mazkur tizimda turli xildagi, turli 
darajadagi, turli vaqtdagi iqtisodiy munosabatlar axborotlar ko‘rsat- 
kichlar tarzida ifodalab beriladi. Ushbu tizimdagi axborotlar iqtisodiy 
tahlil uchun baza bo‘lib hisoblanib, ular asosida tadqiq ishlari amalga 
oshiriladi. Boshqaruv subyektiga kelib tushgan axborotlar belgilangan 
maqsad va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi. Shuning uchun 
korxonada axborotlaming sifati, yetarli b o iish i, o ‘z vaqtida yetkazib be- 
rilishi kabi tadbirlami ilmiy asosda tashkil etilishi iqtisodiy tahlilni davr 
talablari darajasida bo‘lishiga, pirovard natijada esa maqbul boshqaruv 
qarorlarini qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin