muntazam ko‘rsatuvlar boshlandi. K o‘rsatuvlarni Toshkent
shahri va uning atrofida tumanlarda ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Ikki yildan keyin teleko‘rsatuvlar
Andijon, Farg‘ona, Samarqand
shaharlarida qabul qilindi. Keyinchalik Nukus (1961), Urganch
(1964)da telemarkazlar qurildi. 1966-yilga kelib retranslatsiya
stansiyalari va radiorelealoqa yo‘llari (Toshkent — Andijon,
1960; Toshkent — Samarqand, 1966) yordamida ko‘pgina
viloyatlar alohida respublika televideniyesining 1-dasturini,
Toshkent, Farg‘ona vodiysi va Samarqand alohida ikki dasturini
ham qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
1965-yildan
0 ‘zbekis-
tondagi teletomoshabinlar Moskvadan olib beriladigan
ko‘rsa-
tuvlarni oq-qora, keyinchalik rangli tasvirda ko‘ra boshladilar.
1974-yil 0 ‘zbekistonda 18 ta katta quwatli, 37 ta kichik quwatli
televideniye uzatkichlari ishladi, respublika aholisining 94,7 %
birinchi, 87 % ikkinchi, 36 % uchinchi televideniye dasturlarini
ko‘rishga erishdi. 1977-yil Respublika televizion texnika markazi
ishga tushirildi. Bu markaz biryo‘la 5 dasturda ko‘rsatuvlar
olib borishga mo‘ljallangan. Markazda 3 studiya, apparatxonalar,
telekinoproyeksionxona, videoyozuv apparatxonalari, kinoprek-
sion zallar, ko‘chm a televizion vositalar bazasi va boshqa
yordamchi xizmatlar mavjud.
Telemarkaz radiorele yo‘Ilari orqali 0 ‘zbekiston Respublikasi
viloyatlari markazlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Res
publikasi bilan bog‘langan. Kabel magistrallari, radio va sun’iy
yo‘ldosh yo'llari yordamida ko‘p mamlakatlar shaharlari bilan
televizion dasturlar almashinadi.
Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan
kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurishga ehtiyoj tug‘ildi.
Shu maqsadda
Dostları ilə paylaş: