Bulardan eng yuqorisida 5 dasturli ko‘rsatuvlarga mo‘ljal-
langan televizion stansiya, ultraqisqa to ‘lqinli 4 dasturli eshit-
tirishga m o‘ljallangan radiostansiya, meteorologik stansiya va
boshqalar, 100 m balandlikda esa «Koinot» restorani, kuzatuv
maydonchasi o‘rin olgan. Radio-televizion uzatish markazi
Toshkent televideniyesi ko‘rsatuvlarini taxm inan 100 km
radiusda bevosita ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Viloyatlar va boshqa
joylarga bu ko‘rsatuvlar maxsus retranslatsiya stansiyalari orqali
uzatiladi.
0 ‘zbekistonda Toshkent telestudiyasidan tashqari Nukus,
Urganch, Termiz, Namangan, Andijon, Samarqand, Qo‘qon,
Farg‘ona, Buxoroda viloyat telestudiyalari ishlaydi.
Bundan tashari, 30 mahalliy va tijorat studiyalari faoliyat
ko‘rsatadi. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya teledasturlarini
muntazam olib ko'rsatish, Hindiston, AQSH axborot dastur-
larini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Matbuot tarqatish.
Respublikada aloqa organlari matbuot
nashrlarini tarqatish va yetkazib berish ishlarini ham bajaradi.
Vaqtli matbuotni tarqatishning asosiy shakli obuna bo‘lib, 1991-
yilga qadar gazeta va jurnallar adadining 85% obuna yo‘li bilan
tarqatilgan.
0 ‘zbekistonda aloqa vazirligi tizimida obuna bo‘yicha va
chakana savdo yo‘li bilan vaqtli matbuot nashrlari (mahalliy va
chetel gazeta, jumal, haftaliklari)ni tarqatish maorif va, umuman,
madaniyatni rivojlantirishda tarixan katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
1994-yil sobiq «Soyuzpechat» respublika boshqarmasi o‘rnida
ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyati bo‘lgan
Dostları ilə paylaş: