iqtisodiyotning asosi yaratildi.
0 ‘nlab yangi
tarmoq va sohalarga asos solindi, m a’naviy va jismoniy jihatdan
eskirib qolgan minglab ishlab chiqarish korxonalari butun lay
qaytadan zamonaviy, yuqori unumli texnika va texnologiya
bilan jihozlandi. Hamma sohada iqtisodiyotni liberalizatsiyalash
va modemizatsiyalash ketmoqda.
3.2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari
Milliy boylik jamiyatning iqtisodiy kuch-quwatini ko‘rsatadi
va iqtisodiy potensialni tashkil etadi.
Jamiyatning ishlab chiqara
bilish qobiliyati iqtisodiy potensial deb ataladi.
Bu qobiliyat
ishlab chiqarish resurslari miqdori va sifati bilan belgilanadi,
yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi.
Shu sababli uning m uhim ko‘rsatkichi bo‘lib,
yalpi milliy
mahsulot
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu m ahsulotni ishlab
chiqarish esa milliy boylikning hajmi va strukturasiga, undan
yaxshi foydalanilishiga bog‘liqdir. Shunday ekan, iqtisodiy
potensial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi.
Iqtisodiy potensial jamiyat a ’zolarining ehtiyojini qondirish
uchun ishlatiladi. Agar ehtiyojlar to ‘laroq qondirilsa, iqtisodiy
potensial samarali ishlatilgan boiadi.
Iqtisodiy potensialning
to‘rt xil unsuri
(elementi) mavjud:
1. Mehnat potensiali.
2. Ilm -m a’rifat potensiali.
3. Texnika-texnologiya potensiali.
41
4. Tabiiy potensial.
Mehnat potensiali
— jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim
va m alaka, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega b o ‘lgan
kishilardir. M ehnat potensialining miqdoriy o‘lchami ishga
yaroqli kishilar soni bo‘lib, uning o ‘sib borishi aholining
ko‘payishidan kelib chiqadi. Sifat jihatidan mehnat potensiali
mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini
bildiradi. M ehnat potensiali ishlab chiqarish orqali Milliy
boylikni oshirishga o ‘z hissasini qo'shadi.
Inson resurslari — bular kishilar, ular faqat moddiy ne’matlar
yaratib qolmay, shu bilan birga ulami iste’mol ham qiladilar.
Kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil bo‘la
olmaydilar. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog‘Iigi, oilaviy ahvoli,
m a’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari
sabab bo‘ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o‘xshamaydi.
2014-yil respublika aholisi 31,0 mln kishini tashkil qildi,
ulardan mehnatga qobiliyatli aholi soni 17,2 mln.dan ortiqroqdir.
M ehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina
emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish
qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jum ladan
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan aholi ham
kiiitiladi. Mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band
bo‘lgan, band boMmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan
kishilami qamrab oladi.
Boshqacha aytganda, m ehnat resurslari m ehnat qilish
imkoniyatiga ega haqiqiy va potensial xodimlardir.
M ehnat resurslari shakllanishini o‘rganishda ularni yosh
guruhlari bo‘yicha ko‘rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir.
Kishilami guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini
aniqlash asosiy muammo hisoblanadi. Bu masalani hal etishda
huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rol
o ‘ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xusu-
siyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar,
aholining turmush darajasi, umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’lim
tizimining holati, o'rtacha umr davomiyligi va boshqalar ham
hisobga olinadi. Shularga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy
42
nuqtayi nazardan aholining yoshiga ko‘ra 6 guruhga bo‘lish
mumkin:1
Dostları ilə paylaş: |