‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


unumli foydalanish, boshqarish va ta’lim



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

unumli foydalanish, boshqarish va ta’lim
tizimini qayta qurish 
kabi tadbirlam i amalga oshirish zarurdir.
Fan-texnikaning hozirgi davrdagi asosiy yo‘nalishlari:
1. Kompyuterlashtirish.
2. Energetikani, xususan, quyosh energiyasini rivojlantirish.
3. Transport va aloqaning yangi turlarini joriy qilish.
4. Yangi texnika va texnologiyalar (nanotexnologiyalar)ni 
o ‘zlashtirishni jadallashtirish.
5. Yangi konstruksion materiallarni vujudga keltirish hamda 
foydalanish.
6. Biotexnologiya, chiqitsiz texnologik jarayonlarni ishlab 
chiqarishga tatbiq etish.
7. Aloqa atrof-m uhitni muhofaza qilish maqsadlarida kos- 
mosdan keng foydalanish va boshqalar hisoblanadi.
Jahon xalqaro maydonida hamda bozorlarida 0 ‘zbekiston- 
ning raqobatbardoshligini oshirish va mavqeyini mustahkamlash 
bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuqori 
texnologik tarm oqlar va ishlab chiqarishlarni rivojlantirishda 
yuqori faollik qayd etilm oqda va bu ishlab chiqarishining 
o ‘sishiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatmoqda.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 15-iyul- 
dagi 
«Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga
joriy etishni rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi 
916-sonli qarorini amalga oshirish, fan va ishlab 
chiqarishning integratsiyasini ta ’minlovchi asosiy mexanizm- 
lardan biri bo‘lib kelmoqda. Innovatsion texnologiyalarni tatbiq
50


qilishda 0 ‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi, Fan va 
texnika rivojlanishini muvofiqlashtirish Q o‘mitasi, Tashqi iqtiso­
diy aloqalar, Investitsiya va savdo Vazirligi va Texnologiyalar 
transferi Agentligi asosiy o ‘rinni egallaydi.
Investitsion talab bilan innovatsion taklifni bog'lovchi doimiy 
ish yurituvchi maydon, innovator va potensial iste’m olchi va 
investorlar to ‘g‘ridan to ‘g‘ri o ‘zaro aloqa o ‘rnatish, intellektual 
mulk bozoriga aylanishida innovatsion texnologiyalarni tatbiq 
qilishda yarm arka m uhim rol o ‘ynamoqda.
M amlakatim izdagi 2012-yilgi innovatsiyalar yarmarkasida 
500 ga yaqin yangi, noyob, innovatsion ishlanmalar k o ‘rsatildi: 
sanoatda (190 ta loyihalar), qishloq x o ‘jaligi (100 ga yaqin), 
sog‘liqni saqlash va farmatsevtika (90 ga yaqin), informatsion 
texnologiyalar (50 dan ortiq), fan va ta ’lim (30 ga yaqin). Buning 
o ‘ziga xos tom oni — 50 ga yaqin kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik uchun maxsus ishlab chiqilgan, sanoat, qishloq 
xo'jaligi, farmatsevtika sohasidagi loyihalar hisoblanadi. Masalan, 
o ‘simlik chiqindilarini qayta ishlash va suvni tozalash uskunasi 
ham da quyosh energiyasini ishlatadigan avtonom energoqurilma 
va boshqa loyihalar.
Innovatsion ishlanm alam i va texnologiyalarni tijoratgirligini 
oshirish iqtisodiy, ijtimoiy va tabiatni asrash sohasidagi m uam - 
m olam i yechishni undashga qaratilgan chora-tadbirlam i amalga 
oshirmoqda.
Bu tadbirlar innovatsion loyihalam i ishlab chiqish va shakl­
lantirish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning samarali 
mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda intellektual 
mulk obyektlarini baholashni o ‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarm oqlarini jadal 
yangilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanib, 2011- 
yilda respublikam izda 558 yangi ishlab chiqarish obyekti 
foydalanishga topshirildi. Shu jum ladan, oziq-ovqat sanoatida 
195 ta, qurilish materiallari sanoatida 155 ta, yengil sanoatda 
129 ta, yog'ochni qayta ishlash sanoatida 19 ta, mashinasozlik 
sanoatida 6 ta, kimyo sanoatida 4 ta va boshqa obyektlar ishga
51


tushirildi. Qishloq xo‘jalik tarmoqlarini texnik va texnologik 
yangilash bo'yicha 71,6 ga maydonda 187 ta issiqxona tashkil 
qilindi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha 
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar xarid qilish uchun 
kichik biznes subyektlari, fermer xo‘jaliklari hamda agrofir- 
malarga 3,9 mlrd so‘mlik kreditlar taqdim etildi, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini ta’minlashni 
yaxshilash uchun lizing asosida TTZ traktorlari va boshqa 
texnika yetkazib berildi.
Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha qishloq 
xo'jalik korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustah- 
kamlash maqsadida 9,9 ming tonna sig‘imga ega 11 ta yangi 
meva-sabzavot ombori va sovutkich kameralari ishga tushirildi. 
«2011—2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommu- 
nikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida»gi 
dastur doirasida qiymati 104,3 mln dollarga teng kapital 
qo'yilmalar o‘zlashtirildi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin