‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Tabiiy potensial 
— tabiiy resurslar miqdori va sifati, tabiiy 
sharoit, iqlim, relyef, ob-havo sharoiti. Tabiiy potensial 
cheklangan va notekis joylashgan bo‘ladi. Tabiiy potensialni 
yer, suv zaxiralari, o ‘rmon va yerosti boyliklari, suv boyliklari, 
iqlim qulayliklari tashkil etadi. Ular iqtisodiyotga ko‘maklashuvi 
yoki unga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ammo tabiiy resurs­
lar yaratgan to ‘siqlarni ilmiy va texnikaviy potensial bartaraf 
etishi mumkin. Masalan, Yaponiya tabiiy resurslari kamyobligini 
yuksak texnika-texnologiya potensiali vositasida ortig'i bilan 
qoplaydi.
Iqtisodiy potensial unsurlari birgalikda amal qilib, bir-biridagi 
yetishmovchilikni to'ldira oladi.
Ularning samarali amal qilishi uchun jamiyatdagi iqtisodiy 
sharoit ulardan to‘laroq foydalanish yuzasidan 
ham manfaat-
dorlik, ham javobgarlikni yuzaga keltirishi zarur. 
Iqtisodiy 
potensialning o‘sishini va samarali ishlashini ta’minlovchi kuch — 
bu erkin bozor mexanizmidir.
Tayanch iboralar:
• boylik;
• milliy boylik;
• moddiy buyumlashgan boylik;
• nomoddiy boylik;
• tabiiy boylik;
• iqtisodiy potensial;
• mehnat potensiali;
• ilm-ma ’rifat potensiali;
• tabiiy potensial.
Nazorat savollari
1. Boylik va milliy boylik tushunchalari о ‘rtasida qanday farq bor?
2. Milliy boylik tarkibiga nimalar kiradi?

R.X. Shodiyev, E .R Maxmudov.
Jahon iqtisodiyoti. — Т.: 2005-yil. 120-bet.
46


3. Moddiy buyumlashgan boylik deganda nimani lushunasiz?
4. Nomoddiy boylik tarkibiga nimalar kiradi?
5. Tabiiy boylik tarkibiga-chi?
6. Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik о ‘rtasida qanday bog'liqlik
bor?
7. 
Iqtisodiy potensial deganda nimani tushunasiz?
8. Iqtisodiy potensial qanday unsurlardan tashkil topgan?
9. M ehnatpotensialining mohiyati nimada?
10. Ilm -m a ’rifatpotensialining mohiyati nimada?
11. Texnika-texnologiya potensialining mohiyati nimada?
12. Tabiiy potensialning mohiyati nimada?

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin