6) qishloq xo'jalik moddiy-texnika xizmatini rivojlantirish;
7) qishloq joylarida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini
rivojlantirish;
8) ilmiy izlanish va kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini
oshirishga e’tibomi kuchaytirish va h.k.
6.3. Kapital qurilish
Qurilish
— respublikadagi moddiy ishlab chiqarishning eng
muhim tarmoqlaridan biri. Respublika iqtisodiyotida yalpi
ijtimoiy mahsulot tarkibida solishtirma hissasiga ko‘ra sanoat
va qishloq xo‘jaligidan keyin 3-o‘rinda turadi. Yalpi ichki
mahsulotning 13,2
%
ga yaqini iqtisodiyotda band bo‘lgan
ishchi va xizmatchilardan 1055,0 ming kishi yoki 9,1 % qurilish
hissasiga to ‘g‘ri keladi.'
Qurilish iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xizmat ko‘r-
satib, asosiy
fondlarning qayta takror ishlab chiqarish
uchun
sharoitlarni ta’minlaydi, iqtisodiyotning
maqbul tarkibini barpo
etish, ishlab chiqaruvchi
kuchlarni maqsadga muvofiq joylash-
tirish, respublikaning
yangi tabiiy boyliklarmi o‘zlashtirish, bo‘sh
mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga
jalb etishga
yordam beradi.
Qurilish majmuyi bu asosiy fondlami bevosita qayta ishlab
chiqarish, moddiy ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydigan
moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va loyiha izlanish ishlarining
yig‘indisidir.
Qurilish majmuyi qurilish obyektlarini loyihalashtirishdan
to ishga tushurgungacha bo‘lgan barcha jarayonlarini o‘z ichiga
oladi.
Dostları ilə paylaş: