yerlarning 85 %dan ortig‘i fermerlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Hozirgi kunda fermerlik harakati xorijiy mamlakatlar tajri- basini o'rganish asosida fermer xo‘jaliklari uyushmasi 0 ‘z- bekiston fermerlari kengashiga, viloyat va tumanlarda esa fermerlar kengashiga aylantirildi. Ushbu tuzilmalaming huquq va kafolatlari jiddiy ravishda kengaytirildi. Mazkur kengashlarning asosiy vazifasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, bir so‘z bilan aytganda, hamma yerda fermerlaming huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. 2015-yilda 2010-yilga nisbatan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,3 barobar oshirish ko‘zda tutilgan. 118
Bu borada kelgusi yillarda qishloq xo'jaligida olib boriladigan o ‘zgarishlarning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi ishlab chi- qarishini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorvachilik mahsuldorligini oshirish negizida mahsulot yetishtirish hajmining izchil o ‘sib borishini ta’minlashning asosiy shakli bo‘lgan fermerlik institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘ladi. Kelgusi yillarda o ‘simlikshunoslik sohasida qishloq xo‘ja- ligi mahsulotlarini yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni, xomashyo va suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy etishga alohida aha- miyat beriladi. Ushbu chora-tadbirlaming amalga oshirilishi 2011—2015- yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini ko‘tarish, mineral