«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb
e’lon qilinishi qishloqda uy-joy qurish, ijtimoiy infratuzilmaning
rivojlantirishni jadallashtirish dasturini 2010-yilning muhim
ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiritilishiga to ‘liq asos bor.
Zamonaviy qishloq arxitektura va m e’moriy rejalashtirish
talablariga mos kelishi, bosh reja asosida tartib bilan qurilishi,
barcha qulayliklar va kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, gaz
uzatish tarmoqlari, suv ta’minoti, yo'llar va boshqa) ega bo‘lishi
bilan ajralib turishi lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilgan Far
moni iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlaridan biri kapital
qurilishda bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishning sifat
jihatdan yangi bosqichi hisoblanadi.
Mazkur Farmonning qoidalarini hayotga tatbiq etish, hech
so‘zsiz, kapital qurilishda tub o‘zgartirishlami amalga oshirish,
tarmoq bozor iqtisodiyoti tamoyillari va talablariga mos keladigan
xo‘jalik munosabatlarini keng joriy etishga imkon beradi.
Yangi qurilish obyektlari mavjudlarini rekonstruksiya qilish
va kengaytirish uchun mehnat va moddiy-texnika resurslari
sarf bo‘ladi. Pul shaklidagi bu xarajatlar kapital qo‘yiimalarni
tashkil etadi.
Kapital qo‘yilmalar — iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida asosiy fondlarni yangitdan yaratish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish uchun yo‘naltiriladigan xarajatlar yig‘in- disidir. Kapital qo‘yilmalarining hajmi har bir obyekt bo‘yicha loyi-
halar va smetalar asosida belgilanadi.
127
Barcha xarajatlarning yig‘indisi yoki kapital qo‘yilmaIarining hajmi ularning foydalanish yo‘nalishIariga qarab quyidagi tarkibda tashkil topadi. 1. Texnologik tarkib.