iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon oxirgi
yillarda chuquriashib bormoqda.
Xususan:
— qurilishning boshqaruv tarkibini kuchaytirish;
— qurilish monopoliyasiga barham berish;
123
— qurilish tashkilotlarini aksiyalash va xususiylashtirishni
chuqurlashtirish;
— pudrat ishlari bozorini tashkil qilish;
— kapital qurilishni tashkil qilishda, investitsion loyihalami
tatbiq qilishda tartib o‘matish va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida
qurilish ishlari samara-
dorligini yanada oshirish maqsadida ayrim qurilish vazirliklari
tugatildi. Masalan, 0 ‘zsanoatfuqaroqurilish, 0 ‘zqishloqxo‘jalik
qurilishi, 0 ‘zkolxoz qurilishi, 0 ‘zsuvqurilishi davlat konsemi
va hokazolar tugatildi.
Mulkchilikning turli shakllariga o‘tkazilgan
ixtisoslashgan
davlat konsernlari, kompaniyalar, davlat-aksiyadorlik bir-
lashmalari, uyushmalar
tashkil etildi. Ularning eng yiriklari:
«Qurilish-lizing», « 0 ‘zbek invest», « 0 ‘ztransqurilish», « 0 ‘zav-
toyo‘l» konserni. « 0 ‘zbekenergiya davlat aksiyadorlik kom
paniyasi» ham qurilish ishiarini bajaradi. Bu tashkilotlar
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega
bo'lgan katta qurilishlarni olib bormoqda.
Respublikada sanoat qurilishi, uy-joy va boshqa ijtimoiy
maqsadlardagi obyektlami qurish bilan shug‘ullanadi. Qurilish
tashkilotlari, qurilish industriyasi korxonalari, transport, loyiha-
konstruktorlik va boshqa tashkilotlarni ixtiyoriy asoslarda
birlashtiradi.
Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat,
xususiy, qo‘shma va boshqa pudrat qurilish-montaj tashkilotlari,
shuningdek, o‘z moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga,
malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega bo‘lgan korxonalar,
transport va boshqa yordamchi xo‘jaliklar tashkil etadi. 0 ‘zbe-
kistonda ko'plab qurilish-montaj trestlari, qurilish sanoati
korxonalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, loyiha,
ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot
institutlari faoliyat ko‘rsatadi. Qurilish-montaj ishlarining
deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga
oshiradi.
Qurilish tashkilotlari — bu ixtisoslashtirilgan, kompaniya,
birlashma, trestlar va boshqarmalarga uyushgan.
124
Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini
qurilish materiallari sanoati tashkil etadi. Respublikada qurilish
materiallarini ishlab chiqarish, ularning tur xilini ko‘paytirish
yildan-yilga ortib bormoqda. Respublikada mahalliy xomashyo
resurslaridan beton uchun sun’iy yengil to ‘ldiruvchilar (keram-
zit, alikopol, agloporit), issiqlik izolatsiyasi materiallari ishlab
chiqarish yoiga qo‘yilgan. Qurilishda polimer materiallar, plast-
massa m ahsulotlari, linoleum, polietilen quvurlar, sintetik
smolalar asosidagi lok va bo‘yoqlar tobora ko‘proq qo‘llanil-
moqda.
Qurilish industriyasida yig'ma temir-beton konstruksiyalari
va detallaridan ko‘proq foydalanilmoqda. Bino va inshootlaming
yirik qismlarini, uy poydevorlari, devor panellari, zinapoyalar
va boshqalami zavod usulida tayyorlaydigan yangi tarmoqlar
paydo bo‘ldi.
Binolaming zilzilabardoshligi ta’minlangan. Qishloq joyla-
rida loyihalash-qurilish tamoyillari o‘zgardi. Imoratlami tiklashda
yengil konstruksiyalar ko‘proq qo‘llanilm oqda, xo‘jaliklar
qo‘rg‘onlarini qurishda uy-joylar bilan bir paytda madaniy-
maishiy m uassasalar, ishlab chiqarish binolari kom pleks
foydalanishga topshirilmoqda.
0 ‘zbekistonda qudratli iqtisodiy salohiyatni barpo etishdagi
muvaffaqiyatlar bevosita qurilish bilan bog‘liq.
Respublika mustaqillikka erishganidan keyin kapital qurilishi
yangi dastur asosida davom ettirildi. Respublika iqtisodiyoti
uchun muhim bo‘lgan avtomobil, oltin qazib olish, neft va
boshqa sanoat tarmoqlarida yangi korxonalarni qurish bosh
landi. Barcha viloyatlarda sanoat korxonalari, uy-joylar, ma-
daniy-maishiy binolar, bozor va savdo rastalari, hammom,
choyxona, kasalxona, mahalla markazlari, masjidlar qurildi,
o ‘nlab m e’moriy komplekslar, tarixiy yodgorliklar, madrasalar,
masjidlar ta’mirlandi.
Toshkentda «Turkiston» saroyi, «Milliy bank» binosi,
«Navro‘z» restorani, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek haykallari
va xiyobonlari, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘, Andijonda
Bobur bog‘i va muzeyi, Farg‘onada «Ramziy darvoza» barpo
125
etildi, Samarqand viloyatining Urgut shahrida keng ko‘lamda
qurilish ishlari olib borildi; Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,
Toshkent traktor zavodi, Parkent «Quyosh» majmuasi (Tosh
kent viloyati), Toshkent «Zenit» zavodi, Angren rezina-texnika
buyumlari zavodi, respublika banklari assotsiatsiyasining binosi,
Asaka avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi,
Uchqo‘rg‘on — Namangan suv quvuri, G ‘azalkent oyna zavodi
va boshqa ko‘pgina obyektlar qurildi. Qurilish sohasida
Dostları ilə paylaş: |