erkin (kelishilgan) narxlar joriy etildi, bu esa xo‘jaliklaming o‘zi yetishtirgan mah-
sulotlarni o‘z xohishicha foydalanishga imkon yaratdi. Davlat
buyurtmasi faqat paxta va donga nisbatan saqlanib qoldi.
Qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish agrar siyosatdagi muhim yo‘nalishga aylandi. Respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda
xalqaro tashki- lotlar dasturidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq joylariga sanoatni olib kirish, zamonaviy texnolo-
giyalarga ega bo‘lgan
kichik korxonalarni ochish hisobiga yangi ish joyiarini yaratish ustuvor vazifadir. Qishloqda tub islohotlarni
o'tkazish, qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo‘jaligida
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 0 ‘zbekiston iqtiso
diyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir.
0 ‘zbekistonda hamisha
dehqon yer egasiga emas, yeming o‘ziga biriktirilgan. Rossiyada esa
krepostnoy dehqon pomesh- chikniki bo‘lib kelgan. Birgina shu hodisaning o‘zi ham xususiy
mulkchilik yerga egalik qilishning yagona shakli bo‘la olmasligini
ko‘rsatadi.
Dehqonchilikda oilaviy pudrat shaklini qo‘llash, daromadni
taqsimlashda paychilik usulidan foydalanish, pay orqali mulkka
egalik qilish, daromad olish, shartnoma asosida ishlash bugungi
kunda maqsadga muvoflqdir.
Respublikada
sug'orish dehqonchilikning zaruriy sharti va
moddiy asosidir. Sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish,
suv ta’minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy va ko‘p
116
yillik boshqarish uchun suv omborlari, to ‘g‘onlar qurilishi, irrigatsiya shaxobchalarini yaxshilash b o ‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Yerlarni melioratsiyalash, qishloq x o ‘jaligini