3. Xususiy
(dehqon va fermer xo‘jaliklari, xususiylashtirilgan
korxonalar).
4. Aholining shaxsiy yordamchi x o ‘jaliklari.
Respublika qishloq xo‘jaligi mahsulotining deyarli 100
%
iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilmoqda.
Respublika Prezidentining farmoniga binoan Qishloq xo'jaligi
vazirligi, 1996-yil 1-noyabrdan boshlab Qishloq va suvxo‘jaligi
vazirligiga biriktirildi. Farmonga, asosan, uning aniq vazifalari
va fimksiyalari belgilandi. Joylarda viloyat va tuman Qishloq va
suv xo‘jaligi boshqarmalari tashkil qilindi.
R espublikada qayta ishlash tarm o q lari u ch u n yangi
uskunalar va boshqa zarur vositalar sotib olindi. Qayta ishlash
korxonalari bevosita ishlab chiqarish joylarida tashkil qilina
boshlandi. Qo'shma korxonalar tuzila boshlandi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
tashkiloti (FAO)ning m a’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda
dunyodagi 86 ta davlat o‘z aholisini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlay olmaydi, ya’ni dunyoning 1 mlrd.ga yaqin aholisi
ochlikda yashamoqda.
Tojikiston Respublikasida aholi ehtiyojining atigi 50—55 %i
o‘zida ishlab chiqarilgan don mahsulotlari hisobiga ta ’minlanadi.
Respublikamiz o‘z aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to ‘liq
ta ’minlab, chetga ham chiqarmoqda.
Qishloq xo‘jaligining ish samaradorligi yuqori bo‘lgan zamo
naviy texnika vositalari bilan lizing asosida ta’minlash tizimining
joriy etilishi oldinga tashlangan muhim qadam bo‘ladi. Bu
qishloq mehnatkashlarini texnika bilan ta ’m inlashni katta
istiqbolga ega ekanligidan dalolat beradi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan m a’lumki,
qishloq xo‘jalik samaradorligini yuksaltirishni asosiy omili
sermehnat yumushlarni texnika zimmasiga yuklashdir. Jahon
tajribasi tarmoq ishlab chiqarishining barqarorligi, yuqori
unumdorligi ishlab chiqarish kuchlarining kompleks rivojlanishi,
ilmiy-texnika taraqqiyoti, moddiy texnika bazasining kuchliligi
va kadrlar uchun shart-sharoit yaratilganligi bilan bevosita
mutanosibligini ko‘rsatadi.
109
Paxtadan mato, sun’iy charm, plastmassa, pilik, fotoplyonka,
qog‘oz, bo‘yoq, paxta yog‘i, sovun, margarin, glitserin, texnik
moylar, chigit po‘stlog‘idan metil, etil spirtlari va sirka kislotasi
olinadi.
0 ‘zbekiston olimlari tomonidan mustaqillik yillarida 100
dan ortiq ingichka va o‘rta tolali serhosil paxta navlarining
yaratilishi hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkonini
bermoqda. Ushbu navlar tezpisharligi, turli kasallik va qishloq
xo‘jalik zararkunandalariga chidamliligi, yuksak tola sifati bilan
ajralib turadi va ularga jahon bozorida talab katta bo‘lmoqda.
Qishloqda xususiy fermer xo‘jaliklarining talablari asosida
barcha turdagi zarur xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega
bo'lgan zamonaviy ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi jadal
rivojlandi. Shu davr mobaynida qishloqlarda 1424 ta mini bank,
1714 ta MTP (mashina traktor parki), 2324 ta yoqilg‘i —
moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar sotish shahobchalari,
1711 ta suvdan foydalanuvchilar uyushmasi, 300 ta konsalting
markazi va boshqa infratuzilmalar tashkil etildi.
AQSH qishloq xo‘jaligi infrastrukturasi yaxshi rivojlangan
davlat.
AQSH qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha jahonning
asosiy eksportyori hisoblanadi. Ya’ni, bug‘doyning 45,0 %,
makkajo‘xori donining 55,0 %, arpaning 10,0 %, paxtaning
33,0 % uning hissasiga to ‘g‘ri keladi. AQSHda meva, poliz,
sabzavot ekinlari, chorvachilik mahsulotlarini sanitariya-gigiyena
talablari darajasida saqlash uchun ombor va muzxonalar yetarli.
Masalan, qishloq xo'jaligi uchun bitta maxsus avtomobilning
o‘zi bir vaqtda 80 bosh qoramol, 260 bosh cho‘chqa va 6000 ta
parrandani tashish imkoniyatiga ega.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunla-
ridan boshlab qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi aniq-
ravshan belgilab olindi. Mazkur strategiya zamirida qishloq
xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, paxta yakkahokimligiga barham
berish, yurtimiz ahoiisini oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi
navbatda g‘alla bilan ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, oziq-
ovqat mustaqilligiga erishish vazifasi mujassam edi.
110
1998-yilda qishloqda faol institutsional o ‘zgarishlar bosqichi
boshlandi.
Agrar islohotlar hamma joyda bozor munosabatlarini joriy
qilish va xususiy mulk shaklini rivojlantirishga qaratildi.
Zarar ko‘rib ishlayotgan hamda samarasi past jam oa va
koorperativ xo‘jaliklari tugatilib, ularning yerlari uzoq muddatli
ijaraga xususiy fermer xo‘jaliklariga yoki umrbod meros huquqi
bilan dehqon xo‘jaliklariga berildi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan
katta imtiyozlar berildi, xususiy fermer xo'jaliklarining ekin
maydonlarini maqbullashtirish, yerlaming meliorativ holatini
yaxshilash, paxtaning tezpishar va serhosil navlarini yaratish,
shuningdek, paxta navlarini har bir hududning tuproq-iqlim
sharoiti va suv bilan ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda
rayonlashtirish bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer xo‘jalik-
larining to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan
va ularga meros huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan
qishloq xo‘jaligi yer resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali
foydalanishini rag‘batlantiradigan huquqiy shart-sharoit va
kafolatlar yaratildi.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida fermer
xo'jaliklariga yer maydonlarini 50 yil muddatga ijaraga berish
mustahkamlab qo‘yilgan.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni
moliyalashning bozor prinsiplariga to'liq javob beradigan va
fermer xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish-
dan tushgan o‘z daromadlari hisobidan barcha xarajatlami qop-
lashda moliyaviy mablag'lardan foydalanish usuli va shaklini
tanlashda ularning mustaqilligini ta’minlaydigan ishonchli tizim
yaratildi.
Qishloq xo‘jaligini isloh etish borasida aniq maqsadga
qaratilgan ishlar natijasida mamlakat agrar sektori deyarli barcha
tarmoqlarining dinamik rivojlanishi ta ’minlandi.
Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik mahsulotlarining hajmi
muntazam ravishda oshib bordi:
111
— 2013-yil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish 2000-
yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarish 6,8%, jumladan, dehqonchilik 6,4%, chorvachilik
7,4% ga o ‘sdi;
— paxta xomashyosining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot-
laridagi ulushi qisqarib, 47,7 foizdan 11,1 foizga tushdi,
dehqonchilik va chorvachilikning boshqa mahsulotlari ulushi-
ning o ‘sishi, asosan, ularning hosildorlik va m ahsuldorlik
darajasining oshishi hisobidan ta’minlandi;
— qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga
ixtisoslashgan zamonaviy minitexnologiyalar bilan jihozlangan
korxonalar tashkil etildi.
2013-yil qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarishini
har tomonlama qo‘llab-quwatlash, modernizatsiyalash va inten-
sivlashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar agrar
sektorda sifat o‘zgarishlarini ta’minlamoqda. Noqulay ob-havo
sharoitlari va suv taqchilligiga qaramay, barcha asosiy qishloq
xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha yuqori hosil yetishtirildi va yig‘ib
olindi: — 3,360 mln tonna paxta xomashyosi, 7,8 mln tonna
g‘alla, 8,4 mln tonna sabzavot mahsulotlari hosili olindi.
2 0 0 8 -2 0 12-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash davlat dasturi qabul qilindi. Melioratsiya
ishlarini moliyalashtirishning ishonchli mexanizmini ta’minlash
maqsadida, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshi
lash jamg‘armasi tashkil etildi. Yerlarning unumdorligini oshirish
borasidagi ishlami moliyalashtirish yo‘li bilan qishloq xo'jaligi
ishlab chiqaruvchilariga davlat yordamini ko‘rsatish mazkur
jam g‘armaning asosiy vazifasidir.
Quyidagilar qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohot-
larning sifat natijasi tariqasida namoyon bo‘ldi:
— ishlab chiqarish samaradorligi oshdi - asosiy qishloq
xo‘jaligi ekinlari hosildorligi va chorva mahsuldorligi o ‘sdi;
— xususiy fermer xo‘jaliklarida rentabellik ortdi va oziq-
ovqat mahsulotlarini barqaror tarzda ishlab chiqarish masalasida
mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta ’minlaydigan darajada
ijobiy o'zgarishlar yuz berdi.
112
Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi m ahsulotlarini yo'lga
qo‘yish orqali qo ‘shimcha qiymat yaratish, mahsulot ishlab
chiqarishda yangi texnologiyalarni qo ‘llash natijasida yuqori
iqtisodiy samaradorlikka erishish bo‘yicha bir qator ishlar amalga
oshirilmoqda. Ishlab chiqarilgan meva-sabzavot mahsulotlarining
1 mln 427 ming tonnasi qayta ishlashga, 450 ming tonnasi
eksportga Im ln 466 ming tonnasi Toshkent shahri va boshqa
yarmarka bozorlarida sotilishi, 562 ming tonnasi budjet tashki-
lotlariga ajratilishi va qolgani ichki iste’mol uchun yetkazib
beriladi. Ferm er va dehqon xo'jaliklari aholi tom orqalarida
mahsulotlaming ekilishi ustidan monitoring o ‘rnatildi. Ekish
uchun zarur bo‘lgan urug'lik, mineral o ‘g‘itlar, ko‘chatlar yet
kazib berishning optimal tizimi yaratildi. Bugungi kunda meva-
sabzavotchilikni rivojlantirish maqsadida Xalqaro qishloq xo‘ja-
ligini rivojlantirish fondi orqali 22 mln AQSH dollari miqdorida
kredit liniyasi ochildi.
Imtiyozli ravishda 0,75 foiz yillik stavka bilan 25-30 yilgacha
kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, jahon banki bilan birgalikda
sohani rivojlantirish uchun 110 mln AQSH dollari miqdoridagi
kredit liniyalari ajratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish
Dostları ilə paylaş: |