‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


va sotish  bilan shug‘ullanadigan tarmoqlar kiradi. 4. To‘rtinchi soha - infrastruktura sohasi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

va sotish 
bilan shug‘ullanadigan tarmoqlar kiradi.
4. To‘rtinchi soha - infrastruktura sohasi 
- mamlakat aholi 
ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda mamlakatning tashqi 
iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi iqtisodiy va texnologik 
jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlar yig‘indisidan 
iboratdir. Ularning asosiy maqsadi, vazifasi aholining oziq-ovqat 
mahsulotlariga va sanoatni qishloq xo‘jaligi xomashyosiga boigan 
talabini qondirishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotda eng katta ahamiyat kasb etadigan va 
texnik jihatdan yaqin integratsiya bu ikkinchi va uchinchi qishloq 
xo‘jaligi sohalaridir. Albatta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ko‘p va sifatli ishlab chiqarish juda muhim masala. Shuning 
bilan birga ikkinchi muhim masala uni saqlash, ishlab chiqaril­
gan mahsulotni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish 
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi uzoq ishlab chiqarish jarayoniga 
egadir. Iste’molchilar yil davomida bir tekis mahsulot bo‘lishini 
xohlaydilar. 
Shuning uchun ham bu masalani hal qilish to‘rtinchi
soha tarmoqlari, ya’ni rivojlangan ishlab chiqarish infrast-
rukturasining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. 
Shuni qayd etish 
lozimki, sobiq SSSR davrida ikkinchi va uchinchi sohani, ya’ni 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash, qayta 
ishlash tarmoqlarini birlashtirish maqsadida Gosagroprom tashkil 
qilingan edi. Bundan maqsad yagona rahbarlik ostida bir-biri
106


bilan bog‘liq boigan qishloq xo'jalik sohalarini boshqarish, 
rejalashtirish va moliyalashtirish imkonini yaratish edi.
Mamlakatda boshlangan qayta qurish iqtisodiy va siyosiy 
demokratlashtirish jarayoni yangi 
agrar siyosatni ishlab chiqishni
zarurat qilib qo‘ydi. Bu siyosatning asosiy maqsadi qishloqda 
ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish, har xil mulkchilik, 
xo'jalik va xo‘jalik yuritish shakllari asosida agrosanoat ishlab 
chiqarishini rivojlantirishga o‘tish edi. Tabiiy ravishda rahbar- 
likning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o‘miga agrosanoat maj- 
muyiga rahbarlik qilishning yangi shakllari tashkil topa boshladi.
Afsuski, tarmoqni boshqarishdagi qayta qurishlar agrosanoat 
majmualaridagi (ASM) nomutanosibliklami hal qila olmadi. 
ASMning texnik va moliyaviy yordam, infrastrukturani, ayniq- 
sa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash 
tarmoqlariga ko‘rsatilmay qolaverdi.
Natijada, agrosanoat majmuasining bu tarmoqlaming quwati 
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining imkoniyatlaridan orqada 
qoldi. Oqibatda, tez buziladigan mahsulotlar, ya’ni kartoshka, 
sabzavot, meva va hokazolaming sezilarli qismi iste’molchilarga 
yetib bormay qolaveradi. Qayta ishlaydigan korxonalaming soni 
kam, borlarida esa kam samarali eski texnika saqlanib qolinaverdi. 
Bulaming hammasi katta muammoga aylanib qola boshladi va 
tarmoqning qayta qurishni zarurat qilib qo‘ydi. Bu muammo 
mustaqillik davrida asta-sekin o ‘zi yechimini topa boshladi.
Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning hal qiluvchi tarmoq- 
laridan biridir.
Respublika aholisining 50 foizdan ziyodrogci qishloq joylarida 
yashaydi. Respublikada mehnatga qobiliyatli bo‘lgan mehnat 
resurslarining (17157,6 ming kishi), iqtisodiyot tarmoqlarida 
band bo‘lganlar soni, ya’ni 25 % ga yaqini qishloq va o‘rmon 
xo'jaligida xizmat qilishadi. Yalpi ichki mahsulotning umumiy 
hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish 
tendensiyasi kuzatilmoqda 2000-yil bu boradagi ko‘rsatkich 
30,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda 16,8% ni tashkil etdi.
Respublika qishloq xo‘jaligiga dehqonchilikni, ya’ni g‘al- 
lachilik, paxtachilik, sholikorlik, kanopchilik, lavlagikorlik,
107


mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalaridan va 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin