va sotish
bilan shug‘ullanadigan tarmoqlar kiradi.
4. To‘rtinchi soha - infrastruktura sohasi
- mamlakat aholi
ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda mamlakatning tashqi
iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, qishloq xo‘jaligi iqtisodiy va texnologik
jihatdan bir-biri bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlar yig‘indisidan
iboratdir. Ularning asosiy maqsadi, vazifasi aholining oziq-ovqat
mahsulotlariga va sanoatni qishloq xo‘jaligi xomashyosiga boigan
talabini qondirishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotda eng katta ahamiyat kasb etadigan va
texnik jihatdan yaqin integratsiya bu ikkinchi va uchinchi qishloq
xo‘jaligi sohalaridir. Albatta, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
ko‘p va sifatli ishlab chiqarish juda muhim masala. Shuning
bilan birga ikkinchi muhim masala uni saqlash, ishlab chiqaril
gan mahsulotni qayta ishlash va iste’molchiga yetkazib berish
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligi uzoq ishlab chiqarish jarayoniga
egadir. Iste’molchilar yil davomida bir tekis mahsulot bo‘lishini
xohlaydilar.
Shuning uchun ham bu masalani hal qilish to‘rtinchi
soha tarmoqlari, ya’ni rivojlangan ishlab chiqarish infrast-
rukturasining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi.
Shuni qayd etish
lozimki, sobiq SSSR davrida ikkinchi va uchinchi sohani, ya’ni
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va saqlash, qayta
ishlash tarmoqlarini birlashtirish maqsadida Gosagroprom tashkil
qilingan edi. Bundan maqsad yagona rahbarlik ostida bir-biri
106
bilan bog‘liq boigan qishloq xo'jalik sohalarini boshqarish,
rejalashtirish va moliyalashtirish imkonini yaratish edi.
Mamlakatda boshlangan qayta qurish iqtisodiy va siyosiy
demokratlashtirish jarayoni yangi
agrar siyosatni ishlab chiqishni
zarurat qilib qo‘ydi. Bu siyosatning asosiy maqsadi qishloqda
ishlab chiqarish munosabatlarini qayta qurish, har xil mulkchilik,
xo'jalik va xo‘jalik yuritish shakllari asosida agrosanoat ishlab
chiqarishini rivojlantirishga o‘tish edi. Tabiiy ravishda rahbar-
likning ma’muriy-buyruqbozlik usuli o‘miga agrosanoat maj-
muyiga rahbarlik qilishning yangi shakllari tashkil topa boshladi.
Afsuski, tarmoqni boshqarishdagi qayta qurishlar agrosanoat
majmualaridagi (ASM) nomutanosibliklami hal qila olmadi.
ASMning texnik va moliyaviy yordam, infrastrukturani, ayniq-
sa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
tarmoqlariga ko‘rsatilmay qolaverdi.
Natijada, agrosanoat majmuasining bu tarmoqlaming quwati
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining imkoniyatlaridan orqada
qoldi. Oqibatda, tez buziladigan mahsulotlar, ya’ni kartoshka,
sabzavot, meva va hokazolaming sezilarli qismi iste’molchilarga
yetib bormay qolaveradi. Qayta ishlaydigan korxonalaming soni
kam, borlarida esa kam samarali eski texnika saqlanib qolinaverdi.
Bulaming hammasi katta muammoga aylanib qola boshladi va
tarmoqning qayta qurishni zarurat qilib qo‘ydi. Bu muammo
mustaqillik davrida asta-sekin o ‘zi yechimini topa boshladi.
Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning hal qiluvchi tarmoq-
laridan biridir.
Respublika aholisining 50 foizdan ziyodrogci qishloq joylarida
yashaydi. Respublikada mehnatga qobiliyatli bo‘lgan mehnat
resurslarining (17157,6 ming kishi), iqtisodiyot tarmoqlarida
band bo‘lganlar soni, ya’ni 25 % ga yaqini qishloq va o‘rmon
xo'jaligida xizmat qilishadi. Yalpi ichki mahsulotning umumiy
hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish
tendensiyasi kuzatilmoqda 2000-yil bu boradagi ko‘rsatkich
30,1% ni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yilda 16,8% ni tashkil etdi.
Respublika qishloq xo‘jaligiga dehqonchilikni, ya’ni g‘al-
lachilik, paxtachilik, sholikorlik, kanopchilik, lavlagikorlik,
107
mevachilik, tokchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalaridan va
Dostları ilə paylaş: |