chorvachilikni, ya’ni qoram olchilik, q o ‘ychilik, xususan,
qorako‘lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik,
asalarichilik, pillachilik sohalaridan iboratdir.
0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligining asosini paxtachilik tashkil
qiladi. 0 ‘zbekiston jahonda paxta hosilini yetishtirish bo'yicha
5-o‘rinda, paxta tolasi eksporti bo'yicha (AQSHdan keyin) 2-
o'rinda turadi. 0 ‘zbekistonda asosiy valuta tushumi ana shu
paxtadandir. Paxta dunyodagi 90 ta davlatda yetishtiriladi. 0 ‘rta
hisobda dunyoda yiliga 18 mln tonna paxta tolasi olinadi.
AQSH va Xitoyda yiliga 4 mln tonnadan, Hindiston 3 mln
tonna paxta tolasi yetishtiradi. Dunyoda yetishtiriladigan paxta
tolasining 6 % ni 0 ‘zbekiston Respublikasi yetishtiradi. 2013-
yilda respublikamizda 3,360 mln tonnadan ortiq paxta yetish-
tirildi. Har bir gektar yerdan 26,5 sentner hosil olindi.
Shuningdek, respublikada yetishtiriladigan meva, uzum, sab-
zavot, poliz mahsulotlarining ko‘p qismi qo‘shni davlatlarga
chiqariladi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori
sifatli navlari yetishtiriladi. 0 ‘zbekiston o‘zining sifatli pillasi
va qorako‘li bilan dunyoga mashhur.
0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 28 mln ga yaqin qishloq xo‘ja-
ligiga yaroqli yerlar mavjud. Shundan 4,2 mln ga sug‘oriladigan
yerlar hisoblanadi va ulardan ishlab ehiqariladigan mahsulotning
95—97% olinadi. Respublikadagi jami ekin maydonining 42—
43% paxta, 40 foizini don ekinlari, 4 foizini sabzavot, 2,5 foizini
kartoshka va poliz ekinlari hamda 10 foizga yaqinini yem-xashak
va boshqa ekinlar egallaydi. Ekin maydonlarini ekin turlari
bo‘yicha optimal taqsimlanishi natijasida g‘alla mustaqilligiga
to ‘lig‘icha erishildi. Hozir g‘alla eksport qilinmoqda.
Respublika qishloq xo‘jaligida mulkchilikning quyidagi
shakllari mavjud.
1. Koorperativ (jamoa xo‘jaliklari, xo‘jaliklararo korxonalar,
shirkat uyushmalari, davlat xo‘jaliklari negizida tashkil etilgan
xo‘jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermerlar va boshqalar).
2. Davlat (davlat xo‘jaliklari, naslchilik zavodlari, o ‘quv
tajriba va tajriba xo‘jaliklari).
108