mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishda erishilgan yutuqlar ekinlar hosildorligini oshirish, mehnat unumdorligini ko‘tarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikaning o ‘zida qishloq x o ‘jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishdagi asosiy jarayon- lar mexanizatsiyalashtirildi va qo‘l mehnatidan foydalanish ancha qisqardi. Qishloq xo‘jaligida asosiy dala ishlari (yer haydash, ekish, kultivatsiya bilan bir vaqtda o ‘g‘itlash, don ekinlarini yig‘ib olish va boshqa) to ‘liq, ekin qator oralarini ishlash yuqori darajada mexanizatsiyalashtirildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va 12 viloyat birlashmasi, 158 tuman ishlab chiqarish korxonasi, 28 ta’mirlash zavodi, 64 kichik korxona va 13 ta qo‘shma korxonalar bor. Traktor, yuk avtomobili, aftobus va yengil avtomobil, bui- dozer, paxta terish mashinasi, g‘alla kombayni, xashak o ‘rgich, traktor tirkamalari, kultivator, chigit ekish seyalkasi, purkagich va boshqa ko'plab qishloq xo‘jaligi tizimida qishloq tadbirkorlari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga servis xizmati ko‘rsatish tashkil etilgan. Barcha viloyat va tumanlarda 160 dan ortiq ishlab chiqarish- texnika markazlari ishlaydi. Mayda ulguiji do‘konlar, ijara servis shaxobchalari orqali qishloq x o ‘jaligi mashinalari, ehtiyot qismlar, uzellar, butlovchi detallar sotiladi va boshqa turii xizmatlar ko‘rsatiladi. Respublikada mavjud qishloq x o ‘jaligi texnikasi parkidan oqilona foydalanish, uni ishlatish xarajatlarini qisqartirish qishloq xo‘jaligi texnikasi xo‘jaliklardan qoldiq qiymat bo‘yicha mashi-