iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash
tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Aynan shu
bosqichda ta ’lim sifatini oshirishga qaratilgan qator farmon va
qarorlar qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga
joylashtirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilib, ularning
jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topib olishlari uchun zarur
shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Bu bosqichning asosiy vazifalari quyidagilar edi:
1.
Majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilaming qobiliyatlari va imko-
niyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o'tish to ‘liq amalga
oshirildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijtimoiy rivojlanishning
barcha sohalarida ta’limning ustuvorligini bildiradigan davlat
siyosatining mohiyatini ifodalaydi.
Respublikamizda yalpi xarajatlar tarkibida ta ’lim tizimi
uchun xarajatlar 1990-yilda 17,9 % dan 2013-yilda 35,0 %
dan ortiqrog‘i ta’lim sohasiga e’tibor oshayotganligining yaqqol
isbotidir. Ta’lim uchun sarf-xarajatlarning bu miqdori bo‘yicha
0 ‘zbekiston jahonning yetuk mamlakatlariga yaqinlashib
borayotganligini isbotlaydi.
2013-yilning 1-yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy
o‘quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy
etilmoqda. Reyting tuzish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuri-
dagi Davlat test markazi zimmasiga yuklanadi.
Reyting tizimining joriy qilinishi oliy o‘quv yurtlari o'rtasida
sog‘lom raqobat va musobaqa muhitini shakllantirish, yuqori
malakali kadrlar tayyorlash darajasi hamda sifatini yanada
oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish imkoniyatini
vujudga keltiradi. Oliy taiim muassasalarining moddiy-texnik
bazasini modemizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash bo‘yicha
Dostları ilə paylaş: