« 0 ‘zmaishiyxizmat-
uyushma»
tuzildi.
Tizim tarmoqlarini bozor munosabatlariga o‘tkazish uchun
maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan
chiqarish — ularni ijaraga, aholiga shaxsiy mulk qilib berish
ham da aksiyadorlik korxonalari va kooperativlarni tuzish
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Ayni vaqtda mulkchilikning
aralash shakllariga asoslangan korxonalar ham barpo etila
boshlandi.
1992—95-yillarda maishiy xizmatga qarashli jam i 12587
korxona xususiylashtirilib, 29 ijara korxonasi, 13 aksiyadorlik
jamiyatlari, 565 jatnoa korxonasi, 527 shaxsiy korxona tashkil
topdi, 4 mingga yaqin shaxs yakka tartibda mehnat faoliyati
bilan shug'ullanishga o‘tdi. Shahar va qishloqlarning guzarlarida
474 savdo-maishiy majmualari tashkil etildi, maishiy xizmatning
218 xil yangi shakl va usullari ishlab chiqarishga joriy etildi.
1996-yil boshlariga kelib, « 0 ‘zmaishiyxizmatuyushma»ga qa
rashli barcha davlat korxonalari xususiylashtirildi va ular turli
mulkchilik shakllaridagi korxonalarga aylantirildi, ayrim korxo
nalar zarurat taqozosi bilan
ko‘ngil!i assotsiatsiyalar va kon-
sernlarga birlashtirildi.
K orxonalarni davlat tasarrufidan
chiqarish ba’zan shoshilinch am alga oshirilganligi tufayli
Respublika viloyatlarining yarmida maishiy xizmat uyushmalari
tarqab ketdi.
Maishiy xizmatga bo‘lgan aholining talabini qondirish
maqsadida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-
yil 12-oktabrda
«Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari
faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
qaror
qabul qildi.
Unga ko‘ra, tarm oqning viloyat va tum an tuzilm alari
qaytadan tiklandi. Barcha viloyat markazlari, tum anlar va
shaharlarda maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy hamda
o‘rta biznesni muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash uyush
malari tuzildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1997-yil
203
17 sentabrdagi qarori bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasini markazdan turib boshqarishni tugatish va raqobat
m uhitini m ustahkamlash, maishiy xizmat korxonalari va
mahalliy boshqaruv organlarining xo‘jalik mustaqilligini oshirish
maqsadlarida «O'zmaishiyxizmatuyushma» tugatildi.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ishlarini hududiy (viloyat)
uyushmalari, maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar tuman
(shahar) uyushmalari boshqardi.
Respublikada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlan
tirishni 1996—2000-yillarga m o‘ljallangan dasturi muvaffaqiyatli
bajarildi.
0 ‘zbekiston Respublikasida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish
sohasidagi chetel investitsiyalarini jalb qilish, yangi ishchi
o ‘rinlarini tashkil etish maqsadida chetel firmalari bilan qo‘shma
korxonalar tashkil etildi. Hozirda 0 ‘zbekiston — Turkiya qo‘shma
korxonasi «Shuhrat» (erkaklar ichki trikotaj kiyimlari), 0 ‘zbe-
kiston — Afg‘oniston qo‘shma korxonasi «Imkon» (poyabzal
ishlab chiqarish), Koreya respublikasi, Germaniya («Ag Vella»
firmasi), Turkiya, Yugoslaviya («Loreal», «Legeran», «Per
Karden», «Obreme», «Fillips» firmalari) bilan aloqalar o ‘ma-
tilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil sen
tabrdagi «Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni
chuqurlashtirish haqida»gi farmoni qabul qilindi. Bundan
ko‘zlangan maqsad aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini bosh-
qarishda mahalliy hokimiyat organlari va korxonalarning musta
qilligini oshirish va bu sohada raqobatchilik muhitini mus-
tahkamlashdir.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishning hududiy uyushmalari
viloyat va tuman (shahar) hokimiyatlari ixtiyoriga berildi.
Hozir Respublikada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni
uning doimiy yashash va ishlash joyiga yaqinlashtirish, maishiy
xizmat ko‘rsatish turlarini kengaytirish, sifatini yaxshilash
borasida katta ishlar qilinmoqda. Maishiy xizmat ko‘rsatish
ishlariga sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, fermer va
dehqon xo‘jaliklari jalb qilingan. Bu o ‘z navbatida, qishloq
204
joylaridagi maishiy xizmat ko'rsatish tarmoqlarini kengaytirish
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |