‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Subsidiya davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish
uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘idir.
Subsidiyalar iqtisodiyotni devirsifikatsiyalash (tarkiban 
o ‘zgartirish), eksport-im portni m uvozanatlashtirib turish, 
innovatsiya, (yangilikni o‘zlashtirish) ishlarini yo‘lga qo'yish, 
ayrim hududlarga yordam berish. Konversiya (harbiy ishlab 
chiqarishdan xalqqa kerakli tovar ishlab chiqarishga o ‘tish) 
maqsadlarida ajratiladi. Aytilgan ishlar serxarajat bo‘lganidan 
subsidiya xarajatlami butunlay yoki qisman qoplash uchun 
beriladi.
213


Masalan, devirsifikatsiya katta joriy sarflarni talab qiladi, 
shu bois ulami qoplash davlat subsidiyasi ham ishtirok etadi. 
Subsidiyalar eksportni qisqartirish yoki to‘xtatib turish uchun 
ham ishlatiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun 
bozorga qo‘shimcha tovarlami chiqarmaslik zarur boiganda, 
davlat o‘z tovarlarini zaxiraga o‘tkazib turgan firmalarga subsidiya 
berib, tovarlami saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Subsidiyalar 
milliy sanoatni o ‘stirish uchun ham beriladi. Tashqaridan 
xomashyo kiritib, tashqariga tayyor mahsulot chiqaruvchi kor­
xonalar ham subsidiyadan bahramand bo‘ladi.
Davlat texnika yangiliklarini joriy etish, resurslami tejash, 
atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni iqtisodiyoti sust rivoj­
langan hududlarga joylashtirish, eksport potensialini oshirish 
dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlarda davlat tavsiyalariga 
binoan ish tutgan korxonalar davlatdan subsidiya oladi.
Davlat 
milliy iqtisodiy chegaralarni 
belgilaydi, iqtisodiy 
chegara vazifasini esa milliy pul va bojxona to'lovlari, ya’ni boj 
puli bajaradi. Davlat milliy valutani mamlakat hududidagi yagona 
va tanho to‘lov vositasi sifatida kiritadi. Mamlakat ichidagi tovar 
va xizmatlarni faqat shu pulga olish mumkin, bu bilan milliy 
bozor himoya qilinadi. Shunday vazifani 0 ‘zbekiston Respub­
likasi puli — 
so‘m 
ham o‘taydi.
Davlat iqtisodiy o‘sish uchun ahamiyatli, lekin serxarajat 
ishlarni o‘zi hisobidan moliyalashtiradi.
Shu boisdan davlat inflatsiyani iloji boricha me’yoriy darajaga 
pasaytirishga qaratilgan siyosat olib boradi. 

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin