‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


kredit rezervi sifatida turgan puUarga bo‘linadi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

kredit rezervi sifatida turgan puUarga bo‘linadi. 
Zaxiradagi rezerv 
pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko'payishini bildiradi 
va aksincha, uning ko‘payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda, 
kredit resursining 20 foizi zaxirada bo‘lsa, 80 foizi bevosita 
kredit ishiga ajratiladi, ya’ni sotishga qo‘yiladi. Davlat shu 
nisbatni o ‘zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish hisobidan uning 
kredit sifatida taklifini ko‘paytiradi. Natijada foiz pasayadi, 
binobarin kredit arzonlashganidan uni ko‘proq olib, investitsiya 
uchun ishlatish qulay bo‘ladi.
Davlat kredit resursiga o‘zi nomidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlami, chunonchi, aksiya, obligatsiya, xazina majburiyat- 
larini sotish orqali ta ’sir etadi. Bu qog'ozlar sotilganda bo'sh 
pullar davlat olgan qarzga aylanib qoladi va ular kredit sifatida 
berilmaydi.
N atijada kredit taklifi qisqarib, foiz o ‘sadi. Davlat bu 
qog‘ozlami qaytadan sotib olganda o‘z qarzini uzgan bo‘ladi, 
uning qo‘lidagi pul qimmatli qog‘ozlami sotganlar qo‘liga o‘tib, 
bo‘sh pulni ko‘paytiradi, binobarin, pulning kredit sifatida 
taklifini oshiradi. Natijada foiz pasayib, kredit arzonlashadi.
215


Davlat tadbirkorligining o‘ziga yarasha ziddiyatlari bor, bu 
tadbirkorlik, bir tomondan, iqtisodiyot uchun zarur, ikkinchi 
tomondan, u g‘oyat serxarajat.
Davlat bozorga iste’molchi — xaridor sifatida ham chiqadi. 
Davlat buyurtmachilariga binoan ishlash firmalar uchun qulay 
bozor yaratadi, chunki tovarlar va xizmatlar oldindan belgilangan 
miqdorda va kelishilgan narxda albatta sotiladi.
Davlat xususiy sektorda jamg‘arilib, bozorga chiqmay qolishi 
mumkin boigan pulni soliq undirish orqali o‘z qo‘liga olib, 
uni o‘z buyurtmasini xarid etishga jalb etadi, ya’ni bozorni 
kengaytiradi. Demak, davlat o‘z xaridi bilan iqtisodiy taraqqiyotga 
hissa qo‘shadi.

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin