o‘sishga ko‘maklashadi, natijada,
birinchidan,
kredit oiishni
yengillashtiradi, qarz berishning xatari kam bo‘ladi,
ikkinchidan,
pulga uning qadri pasayib ulgurmasdan resurs olib ishlab
chiqarishga joylashtirish mumkin. Inflatsiyani davlat naqadar
jilovlay olishiga qarab iqtisodiyotda o'zgadsh yuz beradi.
Kredit siyosati.
Iqtisodiyotga kuchli ta’sir etuvchi vosita —
bu foiz stavkasidir. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz
puliga
talab osh
adi, binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq
ishlab chiqarishga qo‘yiladi. Kreditning iqtisodiy o ‘sishga
aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashtirish
choralarini ko'radi. Davlatning qo‘lida katta pul to'planadi, bu
pul bankka qo‘yil adi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil
etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib, kreditning taklifini
ko‘paytiradi va bu foizni kamaytiradi.
Davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o'zgartirish orqali
bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar hozir qarz berish uchun ajratilgan va zaxiradagi
Dostları ilə paylaş: