—
soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini
taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalami amalga oshirish.
8.2. Milliy iqtisodiyotning boshqaruv tizimi,
tarkibi va vazifalari
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan
davlat boshqaruv organlari quyidagilar:
1.
0 ‘zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo‘li bilan
tayinlanadigan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
35 yoshga to ‘lgan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 0 ‘zbe-
kiston hududida muqim yashagan, davlat tilini yaxshi biladigan
0 ‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respub
likasi Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomo
nidan umumiy, teng va to ‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida,
yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.
Prezident devoni tarkibida:
1. Tashkiliy kadrlar xizmati.
2. Oliy majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik
qilish xizmati.
3. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini
muvoqlashtirish xizmati.
4. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati.
5. Fan, ta ’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish
masalalari xizmati.
6. Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy
tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati.
7. Ishlar boshqarmasi.
8. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining protokol xizmati.
9. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati.
10. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kanselyariyasi
11. 0 ‘zbekiston Respubikasi Prezidenti huzuridagi milliy
xavfsizlik kengashi kotibining xizmati kabi bo‘limlar mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: