‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Inflatsiyaga qarshi
tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: birinchidan, 
ishlab 
chiqarishni o‘stirish orqali tovar va xizmatlarni ko‘paytirish va 
shu yo‘sinda pulni moddiy jihatdan ta’minlash; 
ikkinchidan,
pul miqdorining keragidan ortiqcha bo‘lishiga yo‘l bermaslik 
uchun pul emissiyasi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, ya’ni 
ortiqcha pulni muomalaga chiqarmaslik. Ko‘rilgan chora- 
tadbirlar natijasida inflatsiya sur’atlari pasayadi.
Kuchli inflatsiya kezlarida pulni ishlab chiqarishga qo‘yish 
xatarli ishga aylanadi. Shu boisdan davlat inflatsiyaga yo‘l 
bermaydigan qulay investitsiya m uhitini yaratib, iqtisodiy
214


o‘sishga ko‘maklashadi, natijada, 
birinchidan, 
kredit oiishni 
yengillashtiradi, qarz berishning xatari kam bo‘ladi, 
ikkinchidan,
pulga uning qadri pasayib ulgurmasdan resurs olib ishlab 
chiqarishga joylashtirish mumkin. Inflatsiyani davlat naqadar 
jilovlay olishiga qarab iqtisodiyotda o'zgadsh yuz beradi.
Kredit siyosati. 
Iqtisodiyotga kuchli ta’sir etuvchi vosita — 
bu foiz stavkasidir. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz 
puliga 
talab osh
adi, binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq 
ishlab chiqarishga qo‘yiladi. Kreditning iqtisodiy o ‘sishga 
aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni arzonlashtirish 
choralarini ko'radi. Davlatning qo‘lida katta pul to'planadi, bu 
pul bankka qo‘yil adi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil 
etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib, kreditning taklifini 
ko‘paytiradi va bu foizni kamaytiradi.
Davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o'zgartirish orqali 
bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi. 
Bo‘sh pullar hozir qarz berish uchun ajratilgan va zaxiradagi

Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin