Davlat tadbirkorligining o‘ziga yarasha ziddiyatlari bor, bu
tadbirkorlik, bir tomondan,
iqtisodiyot uchun zarur, ikkinchi
tomondan, u g‘oyat serxarajat.
Davlat bozorga iste’molchi — xaridor sifatida ham chiqadi.
Davlat buyurtmachilariga binoan ishlash firmalar uchun qulay
bozor yaratadi, chunki tovarlar va xizmatlar oldindan belgilangan
miqdorda va kelishilgan narxda albatta sotiladi.
Davlat xususiy sektorda jamg‘arilib, bozorga chiqmay qolishi
mumkin boigan pulni soliq undirish orqali o‘z qo‘liga olib,
uni o‘z buyurtmasini
xarid etishga jalb etadi, ya’ni bozorni
kengaytiradi. Demak, davlat o‘z xaridi bilan iqtisodiy taraqqiyotga
hissa qo‘shadi.
Dostları ilə paylaş: