Masalan, devirsifikatsiya katta joriy sarflarni talab qiladi,
shu bois ulami qoplash davlat subsidiyasi ham ishtirok etadi.
Subsidiyalar eksportni qisqartirish yoki to‘xtatib turish uchun
ham ishlatiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun
bozorga qo‘shimcha tovarlami chiqarmaslik zarur boiganda,
davlat o‘z tovarlarini zaxiraga o‘tkazib turgan firmalarga subsidiya
berib, tovarlami saqlab turish xarajatlarini qoplaydi. Subsidiyalar
milliy sanoatni o ‘stirish uchun ham beriladi. Tashqaridan
xomashyo kiritib, tashqariga tayyor mahsulot chiqaruvchi kor
xonalar ham subsidiyadan bahramand bo‘ladi.
Davlat texnika yangiliklarini joriy etish, resurslami tejash,
atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni iqtisodiyoti sust rivoj
langan hududlarga joylashtirish, eksport potensialini oshirish
dasturlarini ishlab chiqadi. Bu dasturlarda davlat tavsiyalariga
binoan ish tutgan korxonalar davlatdan subsidiya oladi.
Davlat
milliy iqtisodiy chegaralarni
belgilaydi, iqtisodiy
chegara vazifasini esa milliy pul va bojxona to'lovlari, ya’ni boj
puli bajaradi. Davlat milliy valutani mamlakat hududidagi yagona
va tanho to‘lov vositasi sifatida kiritadi. Mamlakat ichidagi tovar
va xizmatlarni faqat shu pulga olish mumkin, bu bilan milliy
bozor himoya qilinadi. Shunday vazifani 0 ‘zbekiston Respub
likasi puli —
so‘m
ham o‘taydi.
Davlat iqtisodiy o‘sish uchun ahamiyatli, lekin serxarajat
ishlarni o‘zi hisobidan moliyalashtiradi.
Shu boisdan davlat inflatsiyani iloji boricha me’yoriy darajaga
pasaytirishga qaratilgan siyosat olib boradi.
Dostları ilə paylaş: