7.5. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini qayta qurish Maishiy xizmat ko‘rsatish milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos
sohalaridan biri. Hozir 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisiga
maishiy xizmat ko‘rsatish xizmatining o‘z an’analari va tarixiga
ega bo'lgan tizimi shakllangan. Maishiy xizmat sohasida 130,0
ming kishi ishlaydi. Respublikada 60,0 mingdan ortiq modda
atelyelari, salonlar, qabul punktlari ishlamoqda. Aholiga maishiy
xizmat ko‘rsatish iste’molchilar bilan bajaruvchilar o‘rtasidagi
munosabatdir.
Bu m unosabatlarni tartibga solish uchun Respublika
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 0 ‘zbekiston respublikasi
aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqildi va
tasdiqlandi.
Tizim korxonalari aholiga 800 dan ortiq xizmat turini
ko‘rsatadi. Ular poyafzal, kiyim-kechak, trikotaj buyumlarini
yakka tartibda tikish, to ‘qish va ta’mirlash, radiotelevizion
apparaturalar, ro‘zg‘orda ishlatiladigan asboblar, metall buyum
larini tuzatish va yasash, shaxsiy transport vositalariga texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, mebellarni ta’mirlash, kiyimlarni
kimyoviy usulda tozalash va bo‘yash, kir yuvish, suratga olish,
hammom, sartaroshlik xizmatlari, ro‘zg‘or buyumlarini ijaraga
berish, transport xizmatlari, uy-joylar qurish va ta ’mirlash
xizmati, bog‘ va polizlarda qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarish
xizmati va boshqa shunga o ‘xshash ishlarni bajaradi.
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari davlat, jamoa, kooperativ, shaxsiy, aksiyadorlik kabi turlicha mulk shakllariga asoslangan korxonalardan iborat. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida har yili aholiga
xizmat ko‘rsatishning 150 dan ortiq turi va usullari joriy qilindi.
Barcha xizmat turlarining soni qariyb 800 ga yetdi. Lekin
aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish aholining o ‘sib borayotgan
talabini yetarlicha qondira olmadi. Respublikaning ayniqsa,
qishloqlarda — maishiy xizmat ko‘rsatish talab darajasidan ancha
uzoqda edi.
202
Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish
maqsadida 1992-yil aprel oyida aholiga maishiy xizmat ko'rsatish
korxonalari va tashkilotlari uyushmasi —