IX bob. STRATEGIK REJALASHTIRISH VA
UNI TASHKIL ETISH
Reja:
9.1. Strategik rejalashtirish nazariyasi, uning mohiyati va vazifalari.
9.2. Strategik rejalashtirishning metodologiyasi.
9.1.
Strategik rejalashtirish nazariyasi,
uning mohiyati va vazifalari
M a’lumki,
bozor munosabatlari
ishlab chiqarish vositalariga
va iste’mol buyumlariga bo'lgan xususiy mulkchilikka,
tovar
ishlab chiqaruvchilaming erkin faoliyatiga,
erkin raqobat va
iqtisodiyotning ochiqligiga asoslanadi.
Iqtisodiyotning markazdan turib boshqaruv tizimiga
xos
xususiyatlari bo‘lib barcha
bosqichlami qamrab olish, ishlab
chiqarishning yuqori darajada konsentratsiyalashuvi va uni davlat
korxonalarida monopollashganligi, ishlab chiqarish faoliyatining
xalq xo‘jaligi samaradorligiga yo‘naltirilganligi,
mamlakatning
yagona xalq xo‘jalik majmuyining
yopiqligi
bo‘lib hisoblanadi.
Sobiq SSSRda rejalashtirishning umumdavlat tizimi mavjud
edi. U yuqoridan toki quyigacha bo‘lgan boshqaruv va xo'jalik
organlari faoliyatining barcha qirralarini nazorat qilar edi. Bozor
iqtisodiga o‘tilishi munosabati bilan vaziyat tubdan o‘zgardi.
Bozor iqtisodiga har qanday m a’muriy
buyruqbozlik bilan
kiritiladigan rejalar yotdir, chunki xo'jalik
subyektlari ham
huquqiy, ham iqtisodiy jihatdan davlat boshqaruvida emas.
Sobiq Ittifoq davrida tepadan tushirilgan rejalar
qonun
darajasigacha
ko'tarilgan bo‘lsa ham ulardan samara bo'lmadi.
Shuning uchun iqtisodiy islohotlar jarayonining boshlanishidan
rejalashtirishga bo'lgan e ’tibor susaya bordi.
Hozir ham bu
masalaga byurokratning kamchiliklarga ega bo'lgan hoi deb
qarash uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: