Sanoati rivojiangan ko‘pchilik daviatlami, ayniqsa, Osiyodagi
yangi industrial daviatlar iqtisodining tahlili shuni ko‘rsat-
moqdaki, bozor va reja nafaqat muvaffaqiyatli amal qilgan,
balki
bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolgan. Chunki tadbirkorlik va erkin
raqobatning rivojlanishi uchun sharoit
yaratgan bozor mexa-
nizmlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o'tkazib turadi.
Bu sohada
Janubiy Koreyani
misol qilib keltirsa bo'ladi. Bu
yerda dinamik va qat’iy rivojlanishning bozor modelini tuzishda
davlat asosiy rol o‘ynaydi. 1963-yilda Janubiy Koreyada iqtisodiy
rejalashtirish boshqarmasi tuzildi. Unga umumiy iqtisodiy
strategiyani
ishlab chiqish, rivojlanishning joriy shakllarini tuzish,
Davlat budjetini tuzish va bajarilishini nazorat qilish,
moliya
resurslarini jalb qilish va undan foydalanish siyosatini muvofiq-
lashtirish, tashqi daviatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ham-
korlikni rivojlantirish kabi vazifalar yuklatildi.
Keyin bu boshqar-
ma iqtisodiy rejalashtirish vazirligiga aylantirildi.
Besh
yillik
rejalar amalga oshirilmoqda. Rejalashtirish u yerda rivojiangan
bozor iqtisodiyotini yaratishning muhim elementi bo‘lib qolgan.
Dostları ilə paylaş: