Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyoti,
uning barcha tarmoqlari faoliyati rivojlanishini reja asosida
tartibga solishdir.
Rejalashtirishning mohiyati
shundaki, kishilar o‘z harakat-
larini ongli ravishda belgilaydilar. Bu harakatlami resurslar bilan
solishtirib chiqadilar, tashqi muhitga bevosita va bilvosita bog‘liq
holda olib boradilar. Hozirgi zamon sivilizatsiyasining rivoji shuni
ko'rsatyaptiki, rejalashtirish har bir mehnat aktiga taalluqli bo‘lib,
jamiyatning rivojlanishiga, mehnat taqsimoti va koperatsiyasiga
qarab rivojlana boradi. U bir ishlab chiqarish birligidan ajralib
chiqib, tadbirkorlar uyushmasi, milliy korporatsiyalar, davlatning
o'ziga ham tarqalib ketadi. Shunday qilib, boshqaruv reja
lashtirish moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan
tijorat tarmoqlariga ham, jamiyat va uning ayrim olingan
tarmoqlariga ham taalluqlidir.
Rejalashtirish turlicha shaklda bo‘ladi:
•
tarmoqlar, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, moliya
va boshqa aspektlar;
232
• umumdavlat, regionlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
ulaming birlashmalari bo‘yicha va hokazo;
• uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy rejalar.
Hal qilinayotgan m uam m olar darajasiga qarab — ular
strategik
va
taktik
rejalarga bo‘linadi. Strategik rejalashtirish —
bu kishilaming alohida bajaradigan amaliy faoliyatidir.
Bu faoliyat prognozlar, dastur va rejalar loyihasini tuzish
bilan bog'liq bo‘lgan ishlardir.
Mamlakat rivojlanishining va davlat iqtisodiy siyosatining
asosiy
mezoni
bo‘lib, rejalashtirish, ayniqsa, tarmoqning rivojla-
nishini prognozlash hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish quyidagi xususiyatlarga egadir:
• bir yildan ortiq bo‘lgan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga
intilish;
• e’tibomi sotsial — iqtisodiy rivojlanishni ta ’minlaydigan
eng dolzarb masalalami hal etishga qaratish;
• belgilangan vazifalarni resurslar hajmi va tarkibi bilan
chambarchas bog‘lash;
• rejalashtirilayotgan obyektga ta’sir qiladigan ko‘pdan-ko‘p
tashqi omillami hisobga olish va ulaming salbiy ta’sirini kamay-
tirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va hokazo.
Strategik rejalashtirishning mohiyatini uning jarayonlari
belgilaydi. Ular quyidagilardir:
• Strategik prognozlashtirish (ayrim tarmoqlar va sohalarni
rivojlantirish, demografik prognozlar, sotsial prognozlar, davlat
prognozlari, tashqi iqtisodiy prognozlar, ekologik prognozlar);
• Strategik programmalash (strategik dasturlar loyihasi);
• Loyihalash (milliy iqtisodiyoti rivojlantirishning strategik
rejalari loyihasi). Uning mohiyati, strategik rejalar loyihasini
ishlab chiqishdir.
Strategik rejalashtirish orqali amalda strategik prognozlar,
dasturlar loyihasi va rejalar tuzish, bozor iqtisodiyotini belgilay
digan obyektiv qonunlami o‘rganish, strategik rejalashtirishning
ko‘pgina muammolarini hal qiluvchi metodika va m etodo-
logiyalami ishlab chiqish va takomillashtirish hamda uni amalga
oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
233
|