‘zbekist0n respublikasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyoti



Yüklə 7,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/245
tarix03.10.2023
ölçüsü7,36 Mb.
#151611
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   245
Yo\'doshev Z. Milliy va jahon iqtisodiyoti.

Strategik rejalashtirishning mazmuni bu milliy iqtisodiyoti,
uning barcha tarmoqlari faoliyati rivojlanishini reja asosida
tartibga solishdir.
Rejalashtirishning mohiyati 
shundaki, kishilar o‘z harakat- 
larini ongli ravishda belgilaydilar. Bu harakatlami resurslar bilan 
solishtirib chiqadilar, tashqi muhitga bevosita va bilvosita bog‘liq 
holda olib boradilar. Hozirgi zamon sivilizatsiyasining rivoji shuni 
ko'rsatyaptiki, rejalashtirish har bir mehnat aktiga taalluqli bo‘lib, 
jamiyatning rivojlanishiga, mehnat taqsimoti va koperatsiyasiga 
qarab rivojlana boradi. U bir ishlab chiqarish birligidan ajralib 
chiqib, tadbirkorlar uyushmasi, milliy korporatsiyalar, davlatning 
o'ziga ham tarqalib ketadi. Shunday qilib, boshqaruv reja­
lashtirish moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan 
tijorat tarmoqlariga ham, jamiyat va uning ayrim olingan 
tarmoqlariga ham taalluqlidir.
Rejalashtirish turlicha shaklda bo‘ladi:
• 
tarmoqlar, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya, moliya 
va boshqa aspektlar;
232


• umumdavlat, regionlar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, 
ulaming birlashmalari bo‘yicha va hokazo;
• uzoq muddatli, o‘rta muddatli va joriy rejalar.
Hal qilinayotgan m uam m olar darajasiga qarab — ular 
strategik 
va 
taktik 
rejalarga bo‘linadi. Strategik rejalashtirish — 
bu kishilaming alohida bajaradigan amaliy faoliyatidir.
Bu faoliyat prognozlar, dastur va rejalar loyihasini tuzish 
bilan bog'liq bo‘lgan ishlardir.
Mamlakat rivojlanishining va davlat iqtisodiy siyosatining 
asosiy 
mezoni 
bo‘lib, rejalashtirish, ayniqsa, tarmoqning rivojla- 
nishini prognozlash hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish quyidagi xususiyatlarga egadir:
• bir yildan ortiq bo‘lgan o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga 
intilish;
• e’tibomi sotsial — iqtisodiy rivojlanishni ta ’minlaydigan 
eng dolzarb masalalami hal etishga qaratish;
• belgilangan vazifalarni resurslar hajmi va tarkibi bilan 
chambarchas bog‘lash;
• rejalashtirilayotgan obyektga ta’sir qiladigan ko‘pdan-ko‘p 
tashqi omillami hisobga olish va ulaming salbiy ta’sirini kamay- 
tirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va hokazo.
Strategik rejalashtirishning mohiyatini uning jarayonlari 
belgilaydi. Ular quyidagilardir:
• Strategik prognozlashtirish (ayrim tarmoqlar va sohalarni 
rivojlantirish, demografik prognozlar, sotsial prognozlar, davlat 
prognozlari, tashqi iqtisodiy prognozlar, ekologik prognozlar);
• Strategik programmalash (strategik dasturlar loyihasi);
• Loyihalash (milliy iqtisodiyoti rivojlantirishning strategik 
rejalari loyihasi). Uning mohiyati, strategik rejalar loyihasini 
ishlab chiqishdir.
Strategik rejalashtirish orqali amalda strategik prognozlar, 
dasturlar loyihasi va rejalar tuzish, bozor iqtisodiyotini belgilay­
digan obyektiv qonunlami o‘rganish, strategik rejalashtirishning 
ko‘pgina muammolarini hal qiluvchi metodika va m etodo- 
logiyalami ishlab chiqish va takomillashtirish hamda uni amalga 
oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
233



Yüklə 7,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin