asosiy prinsiplari bo‘lib quyidagilar hisob
lanadi:
1) iqtisod va siyosatning birligi prinsipi;
2) markazlashtirish va mustaqillik prinsiplarining birligi;
3) boshqaruv yechimlarining samaradorligi va ilmiy asoslan-
ganlik prinsipi;
4) umumiy va lokal (ayrim olingan) rnanfaatlaming birligi
prinsipi. Strategik dasturlar va rejalami bajarishda shaxsiy va
jamoa manfaatini rag‘batlantirish.
Ko‘rsatkichlar tizimi va strategik rejalashtirish metodlari. Prognozlashtirish, dastur va rejalami tuzishda ko‘rsatkichlar
tizimidan keng foydalaniladi.
Faqat ко‘rsatkichlar tizimi orqali strategik rejalashtirishning
mantiqi, prinsiplari va metodologik yondashuvlarini amalga
oshirilishi mumkin.
Ko‘rsatkich, deganda hozirgi zamon hisoboti va statistikasida
jamiyatdagi sotsial-iqtisodiy voqelik va jarayonlarni miqdor va
sifat jihatidan tavsiflash tushuniladi.
Ko‘rsatkich tizimi 4 guruhga bo‘linadi:
1. Miqdor va sifat ко‘rsatkichlari.
2. Tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko‘rsatkichlar.
3. Natural va qiymat ko‘rsatkichlari.
4. Absolut va nisbiy ko'rsatkichlar.
Ularni yana boshqacha tizimga ham bo‘lish mumkin:
— umumiy rejalashtirishda foydalaniladigan ко‘rsatkichlar
tizimi;
— mamlakatni sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda, davlat budje-
tida foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
— federatsiya subyektlarining rivojlanishi va mahalliy bud-
jetni rejalashtirishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar;
— ayrim tarmoqni rivojlantirishda foydalaniladigan ко‘rsat
kichlar tizimi;
236
—
korxona, birlashma, tijorat tashkilotlarini rivojlantirish
prognozlari, dasturlari va rejalarini tuzishda foydalaniladigan
ko'rsatkichlar tizimi.
Strategik rejalashtirishda foydalaniladigan ko‘rsatkichlar m a’
lum