1. Har qanday erkin iqtisodiy zona mamlakatning mustaqil
xo'jalik birligi sifatida tuzilishi va o ‘z faoliyatini o‘z budjeti
asosida qurishi lozim.
2. Erkin iqtisodiy zona budjetining daromad qismi quyi-
dagilardan iborat bo‘lishi kerak:
• erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan korxona, birlash-
ma tashkilotlari va u hududda yashaydigan
kishilardan tusha-
digan soliqlar;
• bojxona yig'imlari, m ustaqil tadbirkorlik faoliyatidan
tushadigan tushumlar;
• homiylik mablag'lari;
• erkin iqtisodiy zona ehtiyojlariga
uzoq muddatli kredit
shaklida beriladigan davlat budjeti mablag'Iari.
3. Erkin iqtisodiy zona davlat tomonidan beriladigan subsi-
diyalar va dotatsiyalarsiz faoliyat ko'rsatishi kerak.
4. Erkin iqtisodiy zona hududidan yig'ilgan barcha soliqlar
va budjetga toMovlami hududiy boshqarmalar ixtiyorida qoldirish
lozim.
Respublikada birinchi erkin iqtisodiy zona — Navoiy EIIZ
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi
PF-4059 Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Navoiy EIIZ
yaratilishi konsepsiyasi quyidagi 4 tarkibiy markazlaming o'zaro
mantiqiy bog'liqligiga asoslangan:
— sanoat;
— logistika;
—
innovatsiya;
— sayyohlik, madaniy rekreatsion.
Navoiy EHZning yaratilish asoslari:
— qulay geografik joylashuv;
— energetik resurslar bilan ta ’minlanganlik;
— yetarli xomashyo bazasi;
— rivojiangan
sanoat bazasi;
— kadrlar salohiyati.
Ishlab chiqarishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari mavjud:
— elektrotexnika mahsulotlari;
— aniq mashinasozlik va avtomobil ehtiyot qismlari;
251
— farmatsevtika sanoati va tibbiyot mahsulotlari;
— oziq-ovqatni
qayta ishlash va qadoqlash;
— plastik mahsulotlar va polimerlar.
Hozirgi vaqtda yuqorida sanab o‘tilgan korxonalarga 43,73
mln dollardan ziyod investitsiya kiritilgan 397 ta yangi ish
o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: