Milliy iqtisodiyot — bu mamlakat xo‘jaligi, uning tarkibi va
ayrim elementlarining o‘zaro bog‘liqligidir.
Milliy iqtisodiyot — iqtisodiyotning ham milliy (nomos),
ham iqtisodiy (oikos)qismlarini birlashtiradi. «Milliy» so‘zi
lotincha so'zdan olingan bo'lib,
«natio» — xalq so‘zini «iqtiso
diyot» esa grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, «
oikonomike » — uy
xo'jaligini boshqarish san’ati ma’nosini anglatadi.
Iqtisodiyot,
milliy deb atalsa ham, u ma’lum bir millat
manfaatini ifodalamay, balki umummilliy manfaatlarga xizmat
qiladi.
Milliy iqtisodiyot kapitalizmning vujudga kelishi bilan bog‘liq
hodisadir. U, eng awalo, XVII asming o‘rtalarida Angliyada
qaror topdi. Hozirgi paytda uning kapitalistik, sotsialistik,
postsotsialistik va kam rivojlangan mamlakatlardagi kapitalistik
shakllari mavjud.
Masalan, kapitalistik milliy iqtisodiyotga uning amerikacha,
nemischa, yaponcha shakllari to ‘g‘ri keladi. Sotsialistik milliy
iqtisodiyot esa Xitoy, Vyetnam va Kubada mavjud bo‘lib, asosiy
soha va tarmoqlarda davlat mulkini va korxonalarini saqlab
qolgan holda, xususiy mulkchilikdir. Tovar-pul munosabatlariga
asoslangan o ‘rta va kichik x o ‘jalik lar va boshqa bozor
munosabatlariga keng yo‘l ochilayotgan iqtisodiy faoliyat
shakllarini kiritish mumkin.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida va sobiq SSSRda o ‘ta
markazlashgan m a’muriy davlat sotsializmining inqirozga
uchrashi natijasida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarda
postsotsialistik iqtisodiyot qaror topdi.
0 ‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin bozor
munosabatlariga asoslangan, o'ziga xos demokratik milliy
iqtisodiyotni shakllantira boshladi. Mamlakatda davlat va xususiy
mulkchilikka asoslangan, ko‘p ukladli aralash iqtisodiyot
vujudga keldi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming asosiy qismini
shaxsiy, guruh, shirkat, jamoa, aksiyadorlik korxonalar, dehqon
va fermer xo'jaliklari tashkil etmoqda.
Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati va jamiyat hayo-
tining poydevoridir. Shu boisdan, «awal iqtisod, keyin siyosat»
deyiladi. Inson tirik jon boMgani uchun, birinchi navbatda,
uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga
faqat