‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


IX BOB. DEFORMATSIYA YA KUCHLANISH



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188
129


IX BOB. DEFORMATSIYA YA KUCHLANISH
HOLATLARINI EKSPERIMENTAL TADQIQ ETISH
USULLARI
9.1. 
Materiallarni va konstruksiyalami sinash
Gap deformatsiya va kuchlanishlarni tajriba (eksperiment) yo'li bilan 
aniqlash usullari xaqida borar ekan, materiallarni mexanik sinash bilan 
konstruksiyalami sinash orasida farq borligini unutmaslik kerak.
Materiallarni sinash ishlari oquvchanlik chegarasi, mustahkamlik 
chegarasi, elastiklik moduli singari mexanik xarakteristikalarni aniqlash 
maqsadlarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tadqiqot ishlarida ham
jumladan, murakkab kuchlanish holatlarida mustahkamlik shartlarini 
o'rganishda yoki, umuman, turli sharoitlarda materialning mexanik 
xossalarini aniqlashda qo'llaniladi.
Materiallarni sinash uchun namunalar tayyorlanadi. Namunalarning 
shakl va o'lchamlari o'lchash asboblari va sinash shartlariga qarab belgilanadi.
Material haqida obyektiv ma’lumotlarga ega bo'lish uchun kuchlanish 
holatining biijinsliligini, ya’ni sinalayotgan namunaning barcha nuqtalarida 
kuchlanishlaming bir xil bo'lishini ta’minlash zarur. Bu shartga, jumladan, 
cho'zilishda, kalta namunalami siqishda va yupqa devorli quvurlarni 
burashda amal qilinadi. Bunday sinovlarda materil xossalarining o'zgarishi 
namunaning butun hajmi bo'yicha baravar sodir bo'ladi va miqdoriy baho 
berishda qiyinchilik tug'dirmaydi. Yaxlit namunalami burashda va egilishga 
sinashda kuchlanish holati birjinsli bo'lmaydi. Materialning alohida 
nuqtalarida sifat o'zgarishlarining yuz berishi, namuna xarakteristkasida 
sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lishiga olib kelmaydi. Materialda vujudga 
keladigan jarayonlar faqat o'rtacha miqdorda ayon bo'ladi va sinov natijalari 
qo'shim cha ravishda qayta ishlashni talab etadi, bu esa obyektivlik 
darajasining pasayishiga olib keladi.
Kuchlanish holatini birjinsliligi talabi qator sinovlar natijalariga jiddiy 
cheklovlar qo'yadi. Masalan, hozirga qadar biijinslilik sharoitida har taraflama 
cho'zish bo'yicha obyektiv sinov o'tkazishning uddasidan chiqilmayotir. 
Bunday kuchlanish holatini hozircha namunaning faqat alohida nuqtalarida 
uyg'otish mumkin bo'layotir. Masalan, yaxlit shaming markazida, 
tashqaridan turib tez qizdirish yo'li bilan, shunday holatni vujudga keltirish 
mumkin.
Mexanik sinash ko'rinishlaridan biri texnologik sinovlar bo'lib bu sinovlar 
material xossalari haqida obyektiv ma’lumotlar emas, faqat qiyosiy ma’lumotiar
130


beradi, xolos. Material qattiqligi, zarba qayishqoqligi (ударная вязкость) 
va ba’zi boshqa shu kabi xarakteristikalami aniqlashga doir sinovlar ham 
texnologik sinovlar qatorida turadi.
Konstruksiyalar sinovi — bu butunlay boshqa gap; bunda gap butun 
mashina, uning alohida qismlari yoki modelining mustahkamligini sinash 
haqida boradi. Bunday sinovlami o ‘tkazishdan maqsad, bir tom ondan 
bajarilgan hisoblarning to ‘g‘riligini tekshirishdan, boshqa tom ondan- 
mashinani texnologik jihatdan to ‘g‘ri yig'ilganligiga baho berishdan iborat. 
Konstruksiyalami sinash ishlari texnikaning samolyotsozlik va raketasozlik 
singari sohalarida ko'proq rivojlangan, chunki bu sohada vaznni 
yengillashtirish tufayli mustahkamlik masalalari yanada mas’uliyatliroq 
tus oladi. Yangi mashinani barpo etishda, uning metalldan yasalgan 
alohida qismlari buzuvchi kuchni aniqlash maqsadida, to buzilgunga 
qadar sinaldi. So'ngra bu kuch hisobiy kuch bilan taqqoslanadi. Statik 
sinovlar jarayonida qo'yiladigan tashqi yuk real ishchi holatga yaqin 
keladigan holatga moslab qo'yiladi, masalan, samolyot g‘ildiragiga 
qo'yiladigan yuk yo'lovchilar chiqadigan paytga, qanotlari esa pikdan 
chiqish holatiga moslashtiriladi va h.k.
Statik sinovlardan tashqari ko'pincha dinamik sinovlar o'tkazishga to'g'ri 
keladi. Masalan, tebranish (titrash) sharoitida ishlaydigan asboblar ko'proq 
sinaladi. Bunday sinovlar maxsus ishlangan tebratma stollarda turli chastota 
va amplitudalarda o'tkaziladi. Bunday sinovlarda asboblaming tebranayotgan 
detallaridagi deformatsiya va kuchlanishlar o'lchanm aydi. Alohida 
qismlaming ishdan chiqishiga qarab ularning mustahkamligi haqida fikr 
yuritiladi. Ba’zan mashinaning xavfli tugunlarida tez o'zgaruvchi 
deformatsiyalar ossillograflar yordamida yozib olinadi va keyin qayta ishlanadi.
Kuchlanish holatida bo'lgan konstruksiyalami eksperimental tadqiq 
etishning hozirgi usullari, u yoki bu yo'sinda, sinalayotgan obyektning 
d efo rm a tsiy alarin i to 'g 'r id a n to 'g 'r i aniqlashga borib taq alad i. 
Kuchlanishlar Guk qonuni asosida bilvosita deformatsiyalar orqali 
aniqlanadi. Konstruksiya sinovlarida plastik deformatsiyalar hosil bo'lsa, 
u holda kuchlanishlar aniqlanmaydi, faqat buzuvchi kuchning qiymatini 
aniqlash bilan kifoyalaniladi yoki plastik deformatsiya uyg'otuvchi kuch 
aniqlanadi.
Deformatsiyalami o'lchashning bir qancha usullari bor. Quyida biz 
deformatsiyalami mexanik va elektrik prinsiplar asosida ishlaydigan o'lchash 
asboblari (tenzom etr) bilan tanishib chiqamiz. Keyin esa optik va 
rengenografik usullar, muartasmalari va lok qoplash usullari bilan tanishamiz.
131



Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin