mazmuni va tajribani o'tkazish uslubiyati bayon etiladi. Ishchi dasturda
tajribaning hisoblash va montaj sxemalari keltiriladi, sinash uslubi batafsil
yoritiladi, sinov stendi yoki pressini tanlash asoslanadi; o'matiladigan o'lchov
asboblarining turi va soni asoslab beriladi; xafvsizlik texnikasi tadbirlari
ko'rsatiladi. Tajriba konstruksiyalari sinovlari hamda sinov natijalarining
tahlili tugagach, tajriba natijalari haqida texnik hisobot tayyorlanadi. Hisobotda
tajriba natijalari asosida konstruksiyaga baho beriladi, xulosa chiqarilib,
tavsiyalar ko'rsatiladi.
Tadqiqot dasturida tajriba o'tkazish zarurati matematik va iqtisodiy hisoblar
orqali asoslanadi. Dasturda tadqiq qilinadigan konstruksiyaning ishchi
chizmalari, buyumlami tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar beriladi.
Tajribalami o'tkazish uslubi va xafVsizlik texnikasi bo'yicha ishlangan tadbirlar
alohida bayon qilinadi, tadqiqot konstruksiyasining hisobi, sinovlami o'tkazish
uchun qilinadigan sarf-xarajatlar sxemasi va sinovlami o'tkazish taqvimiy
rejasi ilova qilinadi.
Yig'ma temirbeton zavodlarida har bir partiyada 1 % buyum, agar
Dostları ilə paylaş: