tekshirganda stropil ferma va ustunlarning har o‘ntasidan biri,
haroratli
blokda uchdan biri; ikki stropil fermasi orasidagi bog‘lovchi elementlar; har
bir ustunlar qatoridan bittadan bog‘lagich disklar tekshiriladi. Po‘lat
konstruksiyalarda zang bosgan elementlar ko‘p bo‘lsa, asbobiy tekshiruvlar
barcha elementlarda o'tkaziladi. O'lchash ishlarini amalga oshirishda ruletka,
metall chizg'ich, shtangensirkul va ultratovush o'lchagichlardan foydalaniladi.
Yuk ko'taruvchi elementlaming siljishi shovun, chizg'ich, nivelirva teodolit
yordamida o'lchanadi. O'lchash ishlari inshootning tashqarisida olib borilsa,
fotogrammetriyadan foydalanish tavsiya etiladi.
Tekshiruvlar davomida yuk
ko'taiuvchi ustun va devor panellarining vertikalligi, ustun va panellaming cho'kishi,
burchaklaming to'g'riligi, kran osti relslari va kran osti to'sinlari o'qlarining
qo'zg'alishi, montaj jarayonida paydo bo'lgan ekssentrisitetlar aniqlanadi.
Panellaming tutashuv yerlarini tekshirishda choklaming qalinligi oddiy
metall chizg'ichda o'lchanadi, chokka ishlatilgan qorishmaning sifati
ilgaksimon asbob bilan tekshiriladi. Yopma panellaming tayanish chuqurligi
tayanchning ikki tomonidan tekshiriladi. Buning uchun qorishmaning ozgina
joyi ochiladi va G — simon maxsus chizg'ich bilan o'lchanadi.
Yoriqning borligi ma’lum bo'lgach, uning geometrik parametrlarini aniqlash
lozim bo'ladi. Yoriqning eni sakkiz karra kattalashtiradigan lupa yoki mikroskop
yordamida o'lchanadi. Yirik yoriqlar ( ± 0,1 mm) kengligini uzoq masofadan
turib (50 m gacha) aniq o'lchaydigan geodezik asboblar ham mavjud.
Barqarorlashgan yoriqlaming geometrik parametrlari aniqlangach, yoriqlar
tufayli zaiflashgan konstruksiya elementini
qayta hisoblash uchun kerak
bo'ladigan dastlabki ma’lumotlami bersa bo'ladi.
Barqarorlashmagan yoriqlarda biroz boshqacha yo'l tutiladi: bunda
asbobiy o'lchovlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi, nazorat ishlari olib boriladi
va hujjatlashtiriladi. Nazoratning har bir bosqichida ko'zga ko'rinadigan
yoriqlar nazorat daftarida chizib qo'yiladi, konstruksiya sirtida yoriqlaming
trayektoriyasi, o'lchamlari belgilanadi. Yoriqlar ko'p bo'lgan joylarda yoriqlar
xaritasini tuzish uchun suratga olinadi. Suratda yoriqning kengligi, o'qlarga
nisbatan yo'nalishi va olingan kuni qayd etiladi.
Xavfli yoriqni ilk bor tekshirganda unga standart mayaklar (belgilar)
o'matiladi. Mayaklar Yangi gipsdan tasmacha ko'rinishida yasalib, yoriqqa
ko'ndalang ravishda yopishtiriladi. Mayakning uzunligi 10-15
sm ni tashkil
etadi. Mayak o'matilgan kun konstruksiya va jumalga yozib qo'yiladi. Yoriq
kattalashganda to'g'ri o'matilgan mayak sinadi.
Hoziigi davrda yoriqlar paydo bo'lishi va kengayishini an’anaviy usullar
orqali o'rganish va nazorat qilish bilan bir qatorda birmuncha takomillashgan
83
yangi zamonaviy usullar ham amaliyotga kirib kelmoqda. Bu borada akustik
usullar, jumladan, akustik emissiya usuli istiqbolli usullardan sanaladi. Agar
konstruksiya materialida yoriq paydo bo‘lsa yoki bor yoriq kengaysa, bu
yoriq atrofidagi kuchlanishlaming dinamik kamayganligidan darak beradi.
Akustik signalning quwati yoriqning geometrik parametriga va o'sha zonadagi
kuchlanishlarga bog'liq. Akustik asboblar uzunligi
mikronning ulushlari
bilan o'lchanadigan yoriqlarni o'lchash imkoniyatiga ega. Yoriqlaming
kengayishini gips mayaklari orqali aniqlashga
nisbatan akustik emissiya
usulining afzalligi bor. Gips mayaklarning sinishi orqali yoriqning
kengayganligini
bilish mumkin, xolos. Akustik emissiya usulida esa
yoriqlaming xavflilik darajasini ham aniqlasa bo'ladi.
Korroziya ta’sirida yemirilish konstruksiyalar uchun xavfli shikastlanishlar
sirasiga kiradi. Ko'ndalang kesim o'lchamlarining kichrayishi va betondagi
strukturaviy zaiflanishlarga ultratovush o'lchashlar va mikroskopik tahlillar
orqali baho beriladi. Atrof-muhitning salbiy ta’siri eng awal betonning sirt
qatlamida aks etadi. Shunga ko'ra bunday shikastlaming xavflilik darajasini
belgilashda beton yoki temirbeton konstruksiyaning
qalinligi muhim rol
o'ynaydi. Zararlangan qatlamning qalinligi betonning yoshi, zichligi hamda
zararli muhitning ta’sir etish muddati va xarakteriga bog'liq.
Korroziya — qurilish konstruksiyalarida ko'p uchraydigan
shikastlanishlardan biridir. Metal konstruksiyalari va armaturalarda korroziya
(zanglash)ning miqdoriy parametri sifatida
hisobiy kesimlar va metall
tuig'unligining kamayishi qabul qilingan.
Metalining tuig'unligi (стойкость) korroziyaning tezligi bilan aniqlanadi
(qalinlikning kamayishi, mm/yil hisobida). O'rtacha agressiv muhitda o'rtacha
tezlikda (0,1 mm/yil) 25 yil mobaynida kesimlar 5% ga zaiflashadi. Agressiv
muhitda o'sha vaqt mobaynida zaiflashish 20-25% ni tashkil etadi.
Metall va armatura po'latning korroziyalanish darajasi asbobiy o'lchashlar va
metallografik usullar yordamida aniqlanadi. Kesimning zaiflanish darajasiga
oksidlanish qatlamining qalinligiga qarab taqribiy baho beisa bo'ladi. Zaiflashuvning
aniq qiymati metall sirtidagi zanglami obdon
tozalagandan keyin element
qalinligini o'lchash yo'li Bilan aniqlanadi. Korroziya chuqurchali bo'lsa, uning
chuqurligi igna uchli indikator yordamida o'lchanadi. Bunday holda chuqurchadagj
zanglar ham kimyoviy eritmalar yordamida yaxshilab tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: