mustahkamligi bir xil ko'rsatgichka ega bo'lgan polimer ashyolarning zichligi bilan temiming zichligi bir-biridan keskin farq qiladi. Demak, ashyolar zichligi oshishi hamma vaqt ham ularning mustahkamligini oshiradi degani emas. Bunday holda ashyoning tarkibiy qismidagi mineral moddalaming kelib chiqishi va ularning xossalarini o'rganib tahlil qilish kerak. Qurilish ashyolarining har bir xossasi orqali ularning barcha xossalari umumlashgan sifati — kvalimetriyasini bilish mumkin. Qurilish ashyolarini tavsiya etishda bino yoki inshootning qaysi qismida ishlatilishi, qanday zararli moddalar va muhit ta’sirida bo'lishligiga qaraladi. Masalan, suv xo'jaligi quril ishlarida ishlatiladigan ashyoning mustahkamlik markasi va suv o'tkazmaslik xossalari chuqur o'rganilgan bo'lishi kerak yoki polni qoplashda qoMlaniladigan ashyoni ishqalanishga va suvga chidamlilik xossalari uning asosiy sifatini ifodalashi zarur. Xulosa qilib aytganda, qurilish ashyolarining haqiqiy sifat ko'rsatkichiga baho berishda uning mikro va makro tuzilishidagi barcha fizik-kimyoviy jarayonlami mikrokalorimetriya va kvalimetriya izlanishlari natijasida fizik, mexanik va deformatik xossalarining o'zgarishi albatta inobatga olinishi zarur. 15
1.5. Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlaming ishonchliligini baholash Konstruksiyalar, bino va inshootlarni sinash va tekshirishda tadqiqotchi oldiga qo'yilgan asosiy masalalardan biri ularning haqiqiy holatini aniqlash va ulardan bundan keyin qanchalik foydalanish mumkinligini taxmin qilishdan iborat. Bu muammo o'rganilayotgan sistemalarning chidamliligiga baho berish masalasi bilan bog'liq bo'lgan muammodir.