Ilmiy-tadqiqot ishlarida kvalimetriya usulini qo'llash kengaymoqda va takomillashmoqda. Kvalimetriya usuli bilan qurilish ashyolari yoki konstruksiyalarini baholaganda obyektning kompleks talablariga javob berishini aniq ko'rsatkichlar orqali ifodalash mumkin. Bunday ko'rsatkichlar quruvchi va loyiha tuzuvchilarning kundalik amaliy ishlarida qurilish ashyolarini, konstruksiyalarini, devorbop buyumlarni hamda pardozbop ashyolami tanlashida katta ahamiyatga ega. Qurilish ashyolarini va buyumlarini kvalimetriya usuli bilan baholaganda quyidagilarni o'rganish kerak: — qurilish ashyolari va buyumlarini qanday xomashyodan tayyorlanganligi, qayerda ishlatilishi va xilidan qat’i nazar, ular davlat andozalariga ko'ra tajribaxonalarda, sanoat sharoitida batafsil sinovdan o'tgan va umumiy sifat bahosi qo'yilgan bo'lishi lozim; — qurilish ashyolarining xossalari orasidagi umumiylikning bir qonuniyatga bo'ysunishini prof. I.A. Ribev ilmiy tomondan asosladi va uni «Ustun nazariyasi» deb atadi. Masalan, ashyo tuzilishining zichligi qanchalik oshsa, uning kvalimetriya ko'rsatkichlari shuncha yuqori bo'ladi yoki buning teskarisi, ya’ni g'ovakligi, suv shimuvchanligi, gaz yoki suv o'tkazuvchanligi kamayadi. Shunday misollar bilan o'quvchi ashyoning bittagina xossasi orqali boshqa xossalarining sifat ko'rsatkichlari kvalimetriyasi to'g'risida fikr yuritishi natijasida, qurilish ashyolarini qayerda va qachon ishlatish mumkinligi to'g'risida tushunchaga ega bo'ladi. Albatta, bunday usul bilan ashyoning sifatiga nazariy tomondan aniq baho berib bo'lmaydi. Masalan,