kiradi. Belgilangan vaqt mobaynida ishlash faoliyatining qayta tiklanishi va qayta tiklanish uchun sarf bo'lgan o'rtacha vaqt ta’mirboplik ko'rsatkichlari sirasiga kiradi. Chidamlilik nazariyasi uslublarini yaratish va uni qurilish sohasiga tatbiq 16
etishda mashhur olimlar V.V Bolotin, A.R. Rjanitsin, S.A. Timashov va boshqalaming ilmiy ishlari yuksak ahamiyatga molik. Biroq bu uslublarni amaliyotga keng joriy etishda konstruksiyalar, binolar va inshootlarning ishdan chiqishi (inkori) to‘g‘risida ma’lumotlarning o ‘ta kamligi bu nazariyaning yanada kengroq yoyilishiga to‘siq bo'lib turibdi. Bunday ma’lumotlarga turli xil inkorlami chuqur tahlil qilish yo'li bilan erishish mumkin. Ishonchlilik nazariyasi uslublaridan foydalanib yechilgan masalalarga doir misollar mavjud. Masalan, eksperimental tadqiqotlar natijasida metall listli konstruksiyalarning resursini bashorat qilish, metall konstruksiyalarning zanglashga bardoshliligini aniqlash, temirbeton konstruksiyalarning kam siklli tebranishlarida ularning resurslarini baholashga doir ilmiy-uslubiy ishlar yaratilgan. 17
konstruktiv
yechimga ko'ra — temirbeton yoki metall karkasli binolar, g’isht devorli yoki yirik panelli binolar ana shular jumlasidandir. Imoratlarning buzilishi va halokati sabablarini o'rganish va tahlil etish ham katta amaliy ahamiyatga molik masala. Ammo bu sohada amalga oshirilgan ishlar hozirgi paytda sanoqli darajada. F.D. Dmitriyev, B.I. Belyaev, V.S. Kornienko, M.N. Lashchenko, M.M. Saxnovskiy, A.M. Titov va A.N. Shkinevning ilmiy ishlarida bino va inshootlaming buzilish sabablari chuqur tahlil etilgan. Biroq buzilishlaming