oralig'i (prolyoti) 845 m. Birdan kuchayib (yana pasayib) ketadigan (порывистый) shamol ta’sirida ko'prikning gorizontal tekislikdagi tebranishlari buralma va vertikal tebranishlarga o'tib ketgan va natijada mazkur halokat yuz beigan. Halokatning nazariy tahlilini yirik rus olimi V.Z. Vlasov (1906 — 1958-y.) amalga oshiigan. U halokatga yupqa devorli sterjenning katta miqdordagi egilish— buralish shaklidagi tebranishlari sabab bo'lganligini isbot etgan. 1962-yilda balandligi 252,55 m va diametri 2,2 m bo'lgan quvursimon 24
radiomachta qulab tushgan. Machta to'rt yarns bo'yicha besh tomonga sim bilan tortilgan. Ma’lum bo'lishicha, machtaning qulashiga ustuvorlikning buzilishi sabab bo'lgan. Ustuvorlikning buzilishiga esa quvurpayvand choklari sifatining pastligi sabab bo'lgan. B.N. Belyaev va V.S. Kornienko 1951—1967-yillardaavariyagauchragan 39 ta po'lat konstruksiyaning buzilish sabablarini tahlil qilishdi. Buning natijasida 16 holda sanoat binolarining tomi bosib qolganligi, 8 holda hajmiy- list konstruksiyalarning (rezervuarlar, siloslar, texnologik agregatlaming qobiqlari) buzilganligi, 7 holda elektruzatish va radioaloqa simlari tayanch ustunlarining qulashi, 8 holda transport galereyalarining jiddiy shikastlanganligi ayon bo'ldi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, avariyalarning 50% — qurilish jarayonida, 41% — ekspluatatsiya jarayonida, 26-28% loyihachining xatolari tufayli sodir bo'lgan. Shuni qayd etish lozimki, avariyalarning deyarli yarmi alohida elementlar va umumiy ustuvorlikning buzilishi oqibatida yuz bergan. Yaratilayotgan konstruksiyalar ustidan nazorat olib borishning ham ahamiyati katta. Moskva teleradio markazining Ostankino minorasi bo'yicha ko'p yillardan