12.6-jadvaI
T avsif nomlari
EIN-M G4
O lchanadigan kuchlanishlar k o la m i, MPa
100
...
1800
Armaturaning nazorat qilinadigan diametrlar, mm
3...32
Armaturaning nazorat qilinadigan uzunligi, m
3...18
Chastota oMchashdagi asosiy nisbiy xatoliklar, %
±4
Kuchlanish oMchashdagi asosiy nisbiy xatoliklar, %
±3
Bir tsikl o lc h a s h g a ketadigan vaqt, sek.
2...5
Energiya ta’minoti “K onind” batareyasidan, (6L R 61), V
6...9
Gabarit
0
‘lcham lari, mm
177x90x30
Datchik bilan birgalikdagi, kg
0.5
Konstruksiyaga yuk qo‘yilishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi,
har bosqichda yukning ma’lum ulushi qo'yiladi: konstruksiyaning bikirligini
tekshirishda ulushning miqdori nazorat yukining 0,2, mustahkamligini
tekshirishda esa 0,1 qismidan ortmasligi kerak.
Yukning har bir ulushi qo'yilgan konstruksiyani yuk ostida kamida 10
minut ushlab turiladi. Nazorat yuki to'liq qo'yilgach, konstruksiya shu
kuch ostida kamida 30 daq. saqlanadi. Yuklanishning
har bir bosqichida
asboblar ko'rsatkichi ikki marta yozib olinadi: biri yuk qo'yilgan zahoti,
ikkinchisi yuklanish oxirida. Yuk ushlab turilgan vaqtda konstruksiya obdon
ko'zdan kechiriladi, paydo bo'lgan yoriqlar belgilanadi, ochilgan yoriqlar
kengligi o'lchanadi, deformatsiyalarning o'zgarish
xarakteriga qarab,
konstruksiyaning ishi tahlil etiladi.
Sinov jarayonida asboblar ko'rsatkichlarini yozib boriladiganjumal daftar
tutiladi; ushbu daftarda yoriqlaming joylashuvi va o'lchamlari, sinalayotgan
konstruksiyaning holati qayd etib boriladi. Sinovlar jarayonida ishlaming
xavfvsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlar o'tkazilishi zarur. Sinov ishlariga
maxsus tayyorgarlikdan o'tgan va tajriba jarayonida qo'llaniladigan asbob-
uskunalar bilan yaxshi tanish bo'lgan kishilargina jalb etilishi mumkin.
Nazorat sinovlaridan so'ng konstruksiya sinovlari natijalarini jamlab,
protokol (bayonnoma) tuziladi. Bayonnomada nazorat sinovlari o'tkazishga
asos bo'lgan hujjatlar, sinovlar o'tkazilgan vaqt
va sinovni qaysi tashkilot
o'tkazganligi qayd etiladi; sinalgan konstruksiyaning tavsifi, sinash uslubiyati
va sinov jarayonidagi konstruksiyaning holati bayon etiladi, qayta ishlangan
sinov natijalari grafik, jadval yoki diagramma ko'rinishida rasmiylashtiriladi;
konstruksiya sifatiga davlat standartlari va texnik shartlari asosida baho beriladi.
Tajriba konstruksiyasini sinash bo'yicha texnik hujjatnomalar sinov
o'tkazish ishchi dasturi va sinov natijalari bo'yicha texnik hisobotdan tashkil
topadi. Ishchi dasturda sinovning maqsad va vazifalari, ishning hajmi,
189
mazmuni va tajribani o'tkazish uslubiyati bayon etiladi.
Ishchi dasturda
tajribaning hisoblash va montaj sxemalari keltiriladi, sinash uslubi batafsil
yoritiladi, sinov stendi yoki pressini tanlash asoslanadi; o'matiladigan o'lchov
asboblarining turi va soni asoslab beriladi; xafvsizlik
texnikasi tadbirlari
ko'rsatiladi. Tajriba konstruksiyalari sinovlari hamda sinov natijalarining
tahlili tugagach, tajriba natijalari haqida texnik hisobot tayyorlanadi. Hisobotda
tajriba natijalari asosida konstruksiyaga baho beriladi, xulosa chiqarilib,
tavsiyalar ko'rsatiladi.
Tadqiqot dasturida tajriba o'tkazish zarurati matematik va iqtisodiy hisoblar
orqali asoslanadi. Dasturda tadqiq qilinadigan
konstruksiyaning ishchi
chizmalari, buyumlami tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar beriladi.
Tajribalami o'tkazish uslubi va xafVsizlik texnikasi bo'yicha ishlangan tadbirlar
alohida bayon qilinadi, tadqiqot konstruksiyasining hisobi, sinovlami o'tkazish
uchun qilinadigan sarf-xarajatlar sxemasi va sinovlami o'tkazish taqvimiy
rejasi ilova qilinadi.
Yig'ma temirbeton zavodlarida har bir partiyada 1 % buyum, agar
Dostları ilə paylaş: