e ’tiborga olish joizki, naturaviy sinovlar — ancha qimmatga tushadigan tadbir. Foydalanilayotgan binolarda sinov ishlarini bajarish uchun ma’lum muddatga texnologik jarayonni to'xtatib qo'yishga to'g'ri keladi. Shuning uchun, agar tekshiruvlaming birinchi bosqichida olingan maiumotlar asosida tavsiya berish mumkin boisa, naturaviy sinovlarni o'tkazmagan ma’qul. Inshoot bo'yicha tekshiruvlar tugagach, yakuniy xulosa yoziladi. Xulosada tekshiruv natijalariga asoslangan holda obyektga umumiy baho beriladi, qayta hisoblash ishlari yoritiladi, mustahkamlik va deformatsiyalar bo'yicha zaxiraviy koeffitsientlaming haqiqiy qiymatlari qayd etiladi. Xulosa obyektni ishga yaroqliligi to'g'risidagi va inshoot belgilangan muddat mobaynida ishlay olishi haqidagi fikr (prognoz) bilan yakunlanadi. Shunday qilib, inshootlarni tekshirish — zamirida asboblar yordamida o'lchash ishlari yotgan bir qancha tadbirlar yig'indisidan tashkil topgan jarayondan iborat. Quyida tekshiruvlar uslubiyatiga oid boigan asosiy qoidalar bilan tanishamiz. 6.2. Obyektni ko‘zdan kechirish va hujjatlar bilan tanishish Tekshirish ishlari obyektni dastlabki ko'zdan kechirishdan boshlanadi, keyin hujjatlar o'rganiladi, so'ngra obyekt sinchiklab tekshiriladi, real ekspluatatsiya sharoiti aniqlanadi, konstruksiyalardagi yoriqlar va shikastlangan joylar qayd etiladi. Dastlabki ko'zdan kechiruvdan maqsad obyektning konstruktiv sxemasini texnik hujjatlar talabiga javob berish darajasini aniqlashdan iborat. Dastlabki ko'zdan kechiruv jarayonida konstruksiyalarning to'liq yoki qisman ishdan chiqqanligini aniqlash mumkin, buni konstruksiya elementlarining fazodagi ko'zga tashlanadigan o'zgarishlari (o'zaro siljish, cho'kish) va ochilgan yoriqlar