‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


VI BOB. INSHOOT VA KONSTRUKSIYALARNI



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188
VI BOB. INSHOOT VA KONSTRUKSIYALARNI
TEKSHIRISH
6.1. Naturaviy tekshirishlaming maqsadi, vazifalari va
uslubiyati
Naturaviy tekshirish konstruksiyalar, binolar va inshootlarning texnik 
holatiga umumiy obyektiv baho berish imkoniyatiga ega boMgan tadbirlar 
majmuasidan iborat. Tekshirish natijasida konstruksiyaning ishga yaroqliligi 
to‘g‘risida yoki uni ta’mirlash lozimligi haqida xulosa beriladi, konstruksiyani 
mustahkamlash chora-tadbirlari belgilanadi.
Sanoat binolari konstruksiyalari va inshootlar ekspluatatsiyaga topshirish 
jarayonida yoki ekspertizalar o'tkazish paytida tekshiriladi. Ekspertiza 
natijasida obyektning kapital ta’miri, uning rekonstruksiyasi haqidagi masala, 
agar ahvol ogMr boMsa, undan foydalanishni to'xtatish masalasi hal etiladi.
Inshootlarni tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi 
bosqichda konstruksiyalarning geometrik parametrlari, qurilish 
materiallarining mustahkamlik va deformatik xarakteristikalari, nuqsonlari 
va loyihadan chetlanishlar haqida aniq ma’lumotlar to'planadi. Inshootlarni 
tekshirishning birinchi bosqichi quyidagi ishlami o'z ichiga oladi: obyektni 
ko'zdan kechirish va hujjatlar bilan tanishish; konstruksiyalarning geometrik 
va fizik parametrlarini asboblar vositasida o'lchash; tekshirish natijalari 
bo'yicha qayta hisoblash va xulosa chiqarish. Qayta hisoblash natijalari 
bo'yicha naturaviy sinovlami o'tkazish zarurati to'g'risida biror qarorga 
kelinadi yoki obyektga birinchi bosqich tekshiruvlari asosida baho beriladi.
Ikkinchi bosqichda — konstruksiyalami naturaviy sinash yo'li bilan 
undagi haqiqiy chegaraviy holatlar, deformatsiyalanish xususiyatlari, 
kuchlanishlar haqida qo'shimcha ma’lumotlar to'planadi. Tabiiyki
qo'yiladigan yuklar konstruksiyani ishdan chiqaradigan darajada bo'lmaydi, 
biroq konstruksiya materialining mustahkamligi to'g'risida dastlabki 
maMumotlarga ega bo'linadi. Har qanday qurilish materialining yemirilishi 
uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, ba’zi materiallar (beton, g'isht) uchun 
buzuvchi kuchning o'ndan bir qiymatidayoq boshlanadi. Zamonaviy o'ta 
sezgir o'lchash asboblari yordamida yemirilishning dastlabki belgilari ilg'ab 
olinishi mumkin.
Shunday qilib, tekshirishlaming ikkinchi bosqichida o'tkaziladigan 
naturaviy sinovlar konstruksiyalarning yuk ko'tarish qobiliyati to'g'risida 
ancha aniqroq ma’Iumot olish imkoniyatini yaratadi. Biroq shuni ham
75



Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin