3.4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyati X-XII asrlarga kelib 0 ‘rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkuming Sharqdagi
yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyo Yevropani Osiyo
bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu
jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami shakllantirdi.
Bu davrda butun dunyoga tanilgan
Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-id-midk va boshqa
ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ulaming asarlarida iqtisodiy
g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar
shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar.
Forobiy 0 ‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlaming qariyb
barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan
qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu
darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir-
«Muallim — us-soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
Olimning «Fozil odamlar shahri» asarida mamlakatni boshqarish,
hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq bo'lgan muhim
g‘oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Forobiy o‘z
ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga
harakat qiladi. Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlaming
ahamiyati haqida ta’Iimot yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan
«Ehtiyoj»ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning
va mehnat qurollari o‘mini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti»
masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari
nihoyatda ahamiyatlidir. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa
mulk, noz-ne’matlami to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu
g'oyalari rivojlantirilib, awalo, yer va joylaming miqdori, keyin ulaming
egalari va tutgan o‘rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-
ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylaming miqdori hisobga
olinishi kerakligi ko‘rsatiladi.