o‘rganish uchun matematika fanini qo‘llash kerak degan fikr yuzaga
keldi, shunday tadqiqiy intilishlar boshlandi.
Keyinchalik esa nazariy
iqtisodning ayrim bosh masalalarini hal etishda bu usul keng qo‘llanila
boshladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublami ongli ravishda va muttasil
qo‘llagan dastlabki olim fransiyalik
Antuan Ogyusten Kurnodir
(1801-
1877). Kurnoga sharaf keltirgan
«Boylik nazariyasi matematik
prinsiplarining tadqiqoti»
asari 1838-yilda bosilib chiqdi. Uning hayoti
davrida bu asar olimlar o'rtasida deyarli qiziqish uyg'otmadi
va uni
ishi yurishmagan «iqtidorli fan fidoyisi» sifatida eslab qoldilar. U oliy
maktab professori, o‘quv yurtlarining administratori lavozimida yaxshi
va to‘q hayot kechirish bilan birga, o‘zining asarlari va g'oyalariga
bo‘lgan sovuq munosabatni ham doim sezib turdi.
A.O. Kurno 1829-yilda Parij universitetidagi matematika bo‘yicha
ishlari uchun
doktorlik darajasini oldi, ko'pgina olimlar, jumladan,
taniqli Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning yordamidan foydalandi.
Bu olim ehtimollar nazariyasining falsafiy talqini bo‘yicha buyuk ishlar-
ni amalga oshirdi. Asosan, matematika bilan shug'ullangan olim qanday
qilib iqtisodiy masalalarga e’tibor bergan, degan jumboq haligacha
yechilmagan. Ammo qomusiy bilimlaiga ega bo'lgan Kumo, shubhasiz,
Smit, Rikardo, ayniqsa, Seyning asarlari bilan tanish bo'lgan.
Shular
tufayli u matematikani iqtisodiyot bilan bog‘lagan, degan fikr bor.
Kumo o‘z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tatbiq
etishga harakat qildi. U bu turli bozor munosabatlari sharoitida,
ya’ni xaridor va sotuvchilar kuchi turlicha joylashtirilganda tovar bahosi
va unga bo‘lgan talabning o'zaro bog‘lanishi to‘g‘risidagi masalani to‘liq
o‘rgandi. Talab va baho o‘rtasidagi nisbat masalasi bilan shug‘ullangan
olim fanga talabning elastikligi to‘g‘risida muhim tushunchani birinchi
bo'lib kiritdi. Tajribaning ko'rsatishicha,
tovar bahosi oshuvi bilan
unga bo‘lgan talab kamayadi, baho pasaysa, talab ortadi.
Bu Kumoning «talab qonuni» bo‘lib, talab
Dostları ilə paylaş: