10.1. J.S. Millning iqtisodiy ta’limoti
Ingliz Jon Stuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so‘nggi
nomoyandalaridan biridir. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham
iqtisodchi bo‘lgan va o‘g‘lining tarbiyasi bilan jiddiy shug'illangan,
oqibatda yoshligidayoq uning dastlabki tadqiqotlari e’lon qilindi. Ammo
1848-yilda bosib chiqarilgan
«Siyosiy iqtisod asoslari»
(5 jilddan iborat)
kitobi unga shuhrat keltirdi. Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan
bog‘langan edi (1858-yilda yopilgan). 1865-1868-yillarda parlament
a’zosi bo'lgan (D.Rikardoni eslang). So‘nggi yillarda Fransiyaning
Avinon shahrida yashab, ijod etdi.
D.Rikardo g‘oyalariga yaqin turadi va birinchi o‘ringa «ishlab
chiqarish qonunlari»ni qo‘yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga
qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy
rivojlanishda «Qishloq xo'jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik
mumkin emas deb hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning «neytrallik» konsepsiyasiga amal qiladi,
ammo pulning miqdoriy nazariyasini ham qo'llaydi. Boylik to‘g‘risida
ancha sodda fikrda bo‘Ub, bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan
narsalaming summasi sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida
(ishlab chiqarish qonunlarini taqsimot qonunlariga qarshi qo‘yish
xarakterlidir. Birinchisi o‘zgarmas boiib, texnik sharoitlar bilan
belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, u «tabiiy fanlar xususiyatlari»
xarakteriga ega, unda inson irodasiga bog'liq hech narsa yo‘q. Ikkinchisi
esa, uni «inson intuitsiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar
va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlaming fikri va xohishiga bog‘liq
bo'lib, nihoyatda turlichadir.
«Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevo
sita ta’sir etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o'rtasida daromadlar
taqsimoti mulkning shaxslar o'rtasidagi taqsimotini belgilab beradi.
Insoniy qarorlaming taqsimot qonunlari shakllamshidagi ahamiyatidan
kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni ijtimoiy jihatdan isloh qilish bo'yicha
o‘z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning tadqiqotlariga «statika» va
«dinamika» tushunchalari kiritiladi. Awalgi olimlar tomonidan jamiyat
ning «statsionar va o‘zgarmas» iqtisodiy qonunlari o‘rganilgan bo'lsa,
endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi
aytiladi.
Ammo M.Blaugning fikricha, Millda «dinamika»ga tarixiy o‘zga-
rishlami tahlili sifatida qaraladi, «statika» deganda esa hozirgi statik
tahlil tushuniladi. Demak, u hozirgi davrdagi dinamik tahlildan keskin
farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy munosabatlardagi o'zgarish
zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida matematik
modellashtirish orqah amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste’mol qiymatlari»,
qiymat va boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha
tovarlarda o‘sishi mumkin emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi,
chunki qiymat nisbiy tushunchadir. Qiymat mehnat tufayli yuzaga
kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi.
Pul to‘g‘risidagi g‘oyasida miqdoriy masala birinchi o‘ringa qo‘yiladi,
ya’ni pulning ko‘payishi yoki kamayishi tovarlaming nisbiy bahosi
o‘zgarishiga ta’sir etadi. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda «pulning
qiymati uning miqdoriga teskari nisbatdadir», pulning har qanday
kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning qadrini oshiradi.
Pulning neytralligi to‘g‘risida fikr yuritihb, pul vaqtni va mehnatni
iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne’matlar
faqat unumli mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki,
mulkni qo‘riqlash, malaka orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli
deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat, jamiyat ishlab chiqarish
kuchlarini ko‘paytirishga olib kelsa, unumli iste’molga ega bo'ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi o‘mi to‘g‘risida so‘z yuritilib, Angliyada
1821-yildan keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalarini ishlab chiqa-
rish sur’atlari aholi o‘sishidan yuqori bo‘lmagan. Aholi sonini kamayti-
rish bo‘yicha takliflar beriladi (ixtiyoriy tug'ilishni kamaytirish, ayollar
emansipatsiyasi).Bu masalada Mill Maltus bilan hamfikrdir.
Kapital deganda «awalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar
zaxira» lari tushuniladi. Kapital jamg‘arish investitsiya uchun asos
hisoblanadi va bandlikni oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns
ta’limotiga qarang).
Daromadlar borasida awalgi olimlar fikri qo‘llanadi, uni mehnatga
haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifga bog'liq
deyiladi. Minimal ish haqi g‘oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi
ilgari suriladi, unga ko‘ra, sinfiy kurash ham, kasaba qo'mitalari ham
ish haqini yashash minimumi darajasida saqlashning oldini ola olmaydi.
Ammo 1869-yil bu doktrina g‘oyasi inkor etiladi va kasaba qo‘mitalari,
haqiqatan ham, ish haqiga ta’sir etadi, bu «mehnat bozoridagi raqobat
oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda past mehnatda
ish haqi kamroq bo‘ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik
minimum»ni farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi
manbayi sifatida allaqanday «kapital zaxira» keltiriladi.
Rentaga yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan kompensatsiya
deb qaraladi. Shu bilan birga, yer uchastkasidan foydalanish shakliga
qarab, bu renta mavjud bo'ladi yoki foydani yo‘q qiluvchi xarajat
bo'lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan, sotsializm va sotsialistik
qurilish to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Ijtimoiy tengsizlikning xususiy
mulk bilan bog'liqligini inkor etadi. Masala bunda xususiy mulk bilan
bog'liq individualizm va suiiste’molchilikka barham berishdir, degan
xulosa chiqariladi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat mavqeyini faol-
lashtirish masalalari qarab chiqilgan. Bunda davlat markaziy bankining
foizlari oshirishga intilishi maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu
xorij kapitalini mamlakatga kirib kelishini rag‘batlantiradi, milliy valuta
kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan oltin chiqib ketishining
oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko'payishi tanqid qilinadi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire)ni qo‘llash bilan biiga,
«bozor kuchisiz» ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlami
chiqarish, bekor qilish va b.) davlat aralashuvi kerak deb hisoblanadi.
Mill, ayniqsa, ta’lim sifatiga alohida e’tibor qiladi, xususiy maktablar
tarafdori (faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo‘l beriladi),
davlat imtihonlari tizimi, yomon o‘qiganlar uchun jarima taklif etadi.
Aytib o‘tilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlarini o'zgartirish
mumkin emas, balki taqsimot qonunlarini o'zgartirish kerak degan
aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta xatosi bo‘lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot
bir-biridan alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga har
tomonlama bog'liq.
Millning ijtimoiy islohoti uch pozitsiyani o‘z ichiga oladi:
1. Kooperativ ishlab chiqarish assotsiatsiyasi yordamida yollanma
mehnatni tugatish.
2. Yer solig‘i yordamida yer rentasini ijtimoiylashtirish.
3. Merosxo‘rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini
cheklash.
Dostları ilə paylaş: |