Asar o‘z zamondoshlari tomonidan deyarli tan olinmadi, to‘g‘rirog‘i
unda tushunib yetilmadi. Olim faqat empirik iqtisodiy-matematik model
ler yaratish bilangina cheklanmadi, u Smit tomonidan boshlangan,
ammo oxiriga yetmagan daromadlar taqsimotini tadqiq qildi.
Rikardoning ishlaridan bexabar holda bu masalani ancha mukammal
hal etdi, differensial renta g‘oyasini qiymatning mehnat nazariyasi
asosida rivojlantirdi.
Uning tadqiqotlarida iqtisodiy jarayonlami tekshirishda cheksizlik
uslubi keng qo'Uaniladi. Uning fikricha, har qanday iqtisodiy jarayon
ketma-ket kichik orttirmalar yo‘li bilan rivojlanadi, bu rivojlanish
ma’lum bir chegaraga ega (ya’ni u chegaraviy), ma’lum holatgacha borib,
unda keskin sifat o‘zgarishi ro‘y beradi. Shunday yo‘l bilan ma’lum
muvozanat yoki optimal holat yuzaga keladi. U shunday usulni mehnat
va kapital (ya’ni ishchi kuchi va mashinalar)ni o‘zaro to'ldirish jarayoniga
va ishlab chiqarishning optimal tarkibini shakllantirishda qo'lladi.
Keyinchalik iqtisodiyot fanida kichik orttirmalar va cheklangan
sharoitlar uslubi
maijinalizm
(fransuzcha la marge va inglizcha margin
- chekka, chegara mazmuniga ega) nomini oldi.
Umuman, iqtisodiyotda matematik usullar haqida gap borar ekan,
uning tarixi XIX asming o'rtalarida boshlanib, hozirgi davrda iqtisodiyot
fanining muhim tarkibiy qismiga aylandi. Matematika usullarini qo‘llash
hayot talabi bo‘lib qoldi. Hozirgi zarnon korxonasida ishlab chiqarishni
boshqarish, moliya tizimi, mahsulotni sotish butunlay boshqa talablami
qo'yadi. Bunda fan, texnika, iqtisodiy kibemetika, matematik usullar
(boshqarish, nazorat, aloqa, hisob-kitob) birinchi o‘ringa chiqadi.
Yangi iqtisodiy masalalami yechish uchun (ishlab chiqarishning
optimal, eng ratsional variantini tanlash, kapital qo‘yilmalar, moddiy
ta’minot va boshqalar) bu usul qo‘l kelmoqda. Elektron hisoblash
mashinalari, kompyuterlami qo'llash tufayli murakkab masalalami
ham yechish mumkin bo'lyapti.
Dostları ilə paylaş: