bekam-u ko‘st
ishlay olmaydi, masalan, bozor tizimi («Ko‘rinmas
qo‘l») jamiyatga umumiy holda sotiladigan va sotib olinishi mumkin
bo‘lmagan milliy
xavfsizlik yoki qonuniylik, jamiyat osoyishtaligi va
barqarorligini ta’minlab berishga qodir emas.
Bunday imkoniyatlar
davlat tomonidan yaratilishi va berilishi kerak. Undan tashqari, bozor
jamiyatning axloqiy va estetik mezonlariga
har doim ham javob
beravermaydi, u ishlab chiqarish uchun foydali va qulay, ammo
iste’molchi uchun ziyon keltiradigan tovarlami taklif etishi mumkin.
Shu
bilan birga, bozor tizimi jamiyatning talab-ehtiyojlarini doimo
qondiruvchi buyuk vosita ekanligi ochib berildi. Bu tizim o'zini o‘zi
tartibga soluvchi mexanizmga ega. Bu yerda buyuk bir paradoks, ya’ni
jumboqqa duch kelamiz. Bozor iqtisodiy erkinlikning eng oUy timsoh
bo'lgani holda iqtisodiyotning eng qat’iy nazoratchisi hamdir. Masalan,
qayerdadir baho, ish haqi yoki foyda ma’lum darajadan
oshib ketsa,
raqobat kuchi ulami siqib chiqaradi.
«Tablly erkinlik».
Bozor tabiiy rivojlanish asosida tobora o‘sib boradi,
bunda xalqning farovonligi doimo yuksaladi. Bu o‘sishning asosi nima?
Buning bosh sababi rag‘batlantiruvchi kuchlardir, har kimning o‘z
sharoitini yaxshilashga intilishi, foyda ketidan quvish, «pul qilish istagi»
pirovard natijada har bir ishlab chiqaruvchi o‘z
kapitalini, korxona
boyligini doimo oshirishga intiladi, bu esa har bir ishlab chiqaruvchini
ko'proq foyda olish ilinjida tovarlami sotish imkoniyatlarini izlashga
majbur qiladi.
Hozirgi davrda klassik maktab asosida neoklassik (yangi klassik)
qarashlar mavjud bo‘lib, o‘sha davrdagi asosiy g‘oyalar
saqlangan
holda ulaming ayrim tomonlari zamonga mos ravishda to‘ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: